Global muammolarni hal qilishda xususiy va umumiy manfaatlar. Har bir xalq, har bir
mamlakat xalqaro munosabatlarning u yoki bu tartibida, davlatlararo savdo oqimlarining
yo‘nalishi va kapitallarning taqsimlanishida o‘z muayyan manfaatiga ega bo‘ladi. Ular tabiiy
resurslardan foydalanish, atrof muhitni saqlash va shu kabi masalalarda doim o‘z manfaatlarini
himoya qiladiki, bu ularning siyosatida umumiy masalalarda ham, xususiy masalalarda ham
bevosita aks etadi va boshqa mamlakatlar siyosatiga o‘xshamasligiga sabab bo‘ladi. Ba’zan ichki
manfaatlar umumiy manfaatlardan ustunlik qiladi. Bunday hollarda mazkur siyosat boshqa
davlatlarning manfaatlariga zid ravishda amalga oshiriladi. Masalan, ekologiya nuqtai nazaridan
bu qo‘shni hududlarda yashovchi xalqlarning qarama-qarshi manfaatlari to‘qnashgan hollarda
ko‘p kuzatiladi.
Ammo hozir, jamiyat hayotining internatsionallashuvi va iqtisodiy aloqalarning o‘sib
borayotgan
integratsiyalashuvi
sharoitida,
sayyoramizning
turli
burchaklarida
jahon
hamjamiyatining yadro urushi, ekologik tanglik, demografik keskinlik va resurslar taqchilligini
bartaraf etishdan iborat ob’ektiv manfaatlarini o‘zlarining umumiy manfaati deb biluvchi odamlar
soni tobora ko‘payib bormoqda. Ma’rifatli siyosiy va jamoat arboblari yanada aniqroq anglab
etayotgan kelishilgan harakatlarga bo‘lgan bu ob’ektiv ehtiyoj hozirning o‘zidayoq ayrim davlatlar
xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatmoqda va hatto ularning ichki va tashqi siyosatini ma’lum darajada
belgilamoqda.
Inqiroz ildizlari . Ayrim mamlakatlarda ham, butun dunyoda ham barqaror ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishga erishish texnokratik jamiyat tuzilishi va mohiyatidan kelib chiqadigan katta
qiyinchiliklar bilan bog‘liq. U kompyuter inqilobi ta’sirida o‘zgarganiga qaramay, texnogen
sivilizatsiyaning asosiy shakl-shamoyillarini saqlab qolmoqda va Shu sababli hozirda mavjud
ko‘rinishda nafaqat bunday jamiyat tanqidchilarini, balki texnika taraqqiyoti tarafdorlari
(texnokratik optimistlar) sobiq izdoshlarining bir qismini ham qanoatlantirmayapti.
Ularning aksariyati fikriga ko‘ra, hozirgi G‘arb sivilizatsiyasi insoniyat uchun shikastli
bo‘lgan ko‘pgina ziddiyatlarni yuzaga keltirdi, chunki uning zamirida tabiat va uning resurslariga
nisbatan iste’molchilik yondashuvi yotadi. Tegishli qadriyatlar tizimidan mustahkam o‘rin olgan
bunday tasavvurlar tarixan sanoat inqilobi, keyinroq - fan-texnika inqilobi davrida shakllangan
bo‘lib, o‘z ildizlari bilan inson, xuddi Erdagi Xudo kabi, dunyoni bunyod etadi, uni tabiat
imkoniyatlari va o‘z imkoniyatlari bilan hisoblashmasdan o‘z ixtiyoriga ko‘ra o‘zgartiradi, degan
dunyoqarashga borib taqaladi. Pirovardda nafaqat ekologik va demografik tangliklar, balki
ma’naviy inqiroz ham yuzaga keladi, bunda avvalgi dunyoqarash mo‘ljallari ob’ektiv sharoit
tazyiqi ostida o‘zgarayotgan amaliyot bilan to‘qnashadi.
Shu bois O‘zbekistonda aynan ma’naviy inqirozning oldini olish maqsadida
1994 yilda “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi tashkil qilindi,
1996 yilda markaz faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi va
unga ko‘ra 1997 yildan barcha ta’lim muassasalarida “Ma’naviyat asoslari” fanini o‘qitish joriy
qilindi.
1999 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzurida Ma’naviyat va ma’rifat
markazlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Ma’naviyat kengashi tashkil qilindi.
2008 yilda respublikamizning birinchi prezidenti Islom Karimov o‘zining “Yuksak
ma’naviyat engilmas kuch” asarida ma’naviy tahdidlar va ma’naviy yuksalish omillarini nazariy
asosladi, zero “Ma’naviyat-insonning ulg‘ayish va kuch-qudrat manbaidir”
8
, faqat ma’nan etuk
insongina har qanday tahdidga qarshi kurashga o‘zida kuch topishi mumkin.