Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi reja: 1



Yüklə 395,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/27
tarix25.12.2023
ölçüsü395,96 Kb.
#194968
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
FAlsafa 7 mavzu

Oziq-ovqat muammosi

Ommaviy kasalliklar va umrning sezilarli darajada qisqarishi 
sabablaridan biri oziq-ovqat muammosidir
. Xususan, surunkali to‘yib ovqat emaslik va 
nomutanosib ovqatlanish kam rivojlangan mamlakatlar aholisida ommaviy tarzda namoyon 
bo‘layotgan muttasil oqsil ochligi va vitamin taqchilligiga olib kelmoqda. Natijada jahonda har 
yili ochlikdan bir necha o‘n millionlab odamlar, kattalardan ko‘ra ko‘proq bolalar halok 
bo‘lmoqda.
Oziq-ovqat taqchilligiga duch kelgan mamlakatlar uni import qilishga majbur, lekin bu, 
odatda, ocharchilikka qarshi kurashda kam samara beradi va bundan tashqari, mazkur 
mamlakatlarni eksportchilarga qaram qilib qo‘yadi. Shu tariqa g‘alla ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy 
tazyiq o‘tkazishning samarali vositasiga va mohiyat e’tibori bilan, avvalo eng qashshoq 
mamlakatlarga qarshi «oziq-ovqat quroli»ga aylanadi.
1960-yillarda oziq-ovqat muammosini echish rivojlanayotgan mamlakatlar uchun «yashil 
inqilob»ni amalga oshirish bilan bog‘langan edi. Bu tadbirning mohiyati bug‘doy va sholining o‘ta 
unumli yangi navlaridan foydalanib, qishloq xo‘jalik mahsuldorligini keskin oshirishdan iborat 
edi. Buning uchun qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini zamonaviy texnologiyalar yordamida 
modernizatsiya qilish mo‘ljallandi. «Yashil inqilob» aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlarda 
qabul qilindi, lekin amalda ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarga olib keldi.
Qishloqni qayta tashkil etish uchun tegishli ijtimoiy shart-sharoitlar va buning uchun zarur 
mablag‘lar mavjud bo‘lgan davlatlarda u ijobiy samara berdi. Ammo bunday mamlakatlar uncha 
ko‘p emas, masalan Hindiston, Pokiston shular jumlasidan. Texnika va o‘g‘itlar xarid qilish uchun 
mablag‘lar mavjud bo‘lmagan, aholining ma’lumot darajasi juda past bo‘lgan, turg‘un an’analar 
va xurofiy aqidalar xo‘jalik yuritishning ilg‘or shakllarini amalga joriy etishga to‘sqinlik qilgan 
o‘ta qoloq mamlakatlarda esa «yashil inqilob» samara bermadi. Shuningdek, u odatdagi mayda 
xo‘jaliklarni vayron qila boshladi, qishloq aholisining shaharga migratsiyasini kuchaytirdi. 
«Yashil inqilob» eski qishloq xo‘jaligi o‘rnida yangi, zamonaviy qishloq xo‘jaligini barpo eta 
olmadi, ya’ni eski uyni buzib, uning o‘rnida yangi imorat qura olmadi, bu esa oziq-ovqat 
muammosini yanada keskinlashtirdi.
O‘zbekistonda bu muammoning echimini topishga oqilona yondoshildi. Paxta 
yakkahokimligiga chek qo‘yilib, g‘alla, sholi, chorma mollarini etishtirishga alohida e’tibor 
qaratildi, qishloq infratuzilmasini takomillashtirish, qishloqqa sanoatni olib kirish, g‘alla 
mahsulotlarini ishlab chiqish texnologiyalaridan unumli foydalanish yo‘lga qo‘yildi. 



Yüklə 395,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin