PSIXOGIGIENA - umumiy gigienaning insonning nervpsixik salomatligini saqlash va mustahkamlash tadbirlarini ishlab chiqadigan bo‘limi. 500 PSIXODIAGNOSTIKA - psixik taraqqiyot darajasi va individual psixologik xususiyatlarni aniqlash maqsadida odamni har tomonlama tekshirib ko‘rish usuli. PSIXODRAMA - guruhiy psixoterapiya turi boTib, bunda ishtirokchilar navbatma-navbat aktyor va tomoshabin rolida bo‘lishadi. D.Moreno tomonidai ilk bor qo‘llanilgan. Psixokorreksiya - psixologik ta’sir ko‘rsatish metodlari yordamida psixologik yordamga muhtoj sog‘lom inson psixologiyasi yoki xulqini maqsadga rnuvofiq o‘zgartirish.
PSIXOLOGIYA - odamning obyektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, tuyg‘u-hissiyot va boshqa psixik holatlar orqali aks ettirish jarayonini o‘rganadigan fan. PSIXOLOGIYA TARIXI - psixologiya tarmog‘i, psixologik tushuncha va faktlar, ularning kelib chiqishi, qadimgi davrdan to hozirga davrgacha bo'lgan rivojlanish jarayonini o‘rganadi.
PSIXOFIZIOLOG1YA- psixologiya va neyrofiziologiyaning psixikani uni neyrofiziologik asoslari bilan birga o‘rganishga xizmat qiluvchi bo‘limi. PUBERTAT DAVR- jinsiy yetilish davri.
RELAKSATSIYA - odamdagi jismoniy zo‘riqishning psixik keskinligi tugashi natijasida paydo bo‘ladigan osoyishtalik holati.
REMINISSENSIYA - avval unutilgan deb hisoblangan materiallarning keyinchalik esga tushishidan iborat xotira jarayoni, ya’ni vaqtinchalik unutish holati.
REPREZENTATIVLIK- tanlov guruhining o‘rganilayotgan sifatlar majmui ishonchliligi vato‘g‘riligini ifodalovchi mezon.
RESPONDENT - psixologik tadqiqotda malum bir savolga javob beruvchi kishi. RETROAKTIV TORMOZLANISH - oldin eslab qolingan materiallarni keyingi faoliyat ta’sirida vaqtincha unutish.
REFERENT GURUH - shaxsning har tomonlama ishongan, o‘ziga yaqin tutgan guruhi.
RETSIPIENT - o‘ziga yoMlangan xabami qabul qilib oluvchi kishi. RIVOJLANISHNING ENG YAQIN ZONASI - murakkab vaziyatnihal etishda bolaning mustaqilligi hamda kattalarrahbarligida bajarilgan vazifa orasidagi farq. Bu tushuncha L.S.Vigotskiy tomonidan kiritilgan.
SANGVINIK - temperament turlaridan biri. Bu tur chaqqon, harakatchan,taassurotlaritez-tezo‘zgaribturadigan,boshqakishilarga nisbatan dilkashlik va mehribonlik qilishi bilan xarakterlanadi.