Glossariy abuliya



Yüklə 29,21 Kb.
səhifə2/13
tarix05.12.2023
ölçüsü29,21 Kb.
#173624
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Glossariy abuliya-fayllar.org

ASSOTSIATIV PSIXOLOGIYA - XVII-XIX asrlarda maydonga kelgan psixologiya fanining yo‘nalishi. U tushuntirishning asosiy yo‘llari tariqasida assotsiatsiyani asos qilib oladi.
ASTENIYA - kuchli toliqish va organizmning madorsizligida namoyon bo'ladigan psixik holsizlanish.
AUTIZM - atrofdagi odamlardan chegaralanib, shaxsiy kechinmalarga berilishdan iborat psixologik begonalashuv holati.
AUTOGEN MASHQ - o‘z-o‘zini ishontirish va o‘z-o‘zini idora qilishga asoslangan psixoterapevtik usul.
AUTSAYDER- ijtimoiy psixologiya atamasi boTib, psixologik sig‘isha olmaganligi tufayli guruh tomonidan inkor etilgan guruh a’zosi.
AFFEKT - kuchli, jo‘shqin va nisbatan qisqa muddatli emotsional kechinmalar tariqasida ro‘y beradigan psixologik holat.
AXLOQ - shaxsning jamiyatga va boshqa kishilarga nisbatan burchini belgilab beruvchi me’yodar tizimi, ma’naviy xulq qoidalari.
AXLOQIY BARKAMOLLIK - eng oliyjanob xarakter xislati, har qanday sharoitda ham axloqiy talablarga qat’iy rioya qilinadigan axloqiy e’tiqod.
AQLIY HARAKATLARNING BOSQICHMA-BOSQICH SHAKLLANISHI NAZARIYASI - rus psixologi P.Ya. Galperin tomonidan ishlab chiqilgan va uning shogirdlari tomonidan rivojlantirilgan ta’limot bo‘lib, bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanishining umumiy psixologik asoslari bosqichma-bosqich ma’lum dastur asosida rivojlanadi.
BILISHGA QIZIQISH - aqliy-intellektual hislar mahsuli, bu odamning tevarak-atrofdagi olamni bilish ehtiyoji tariqasida namoyon bo‘ladi.
BIOGRAFIK METOD - odamni uning tarjimayi holi bilan bogTiq boTgan hujjatlar orqali o‘rganish usuli.
BIXEVIORIZM - XX asr boshlarida AQSHda maydonga kelgan yo‘nalish boTib, bunda psixologiyani o‘rganish predmeti qilib faqat odamning xulq-atvori olingan. Bu yo‘nalishning asoschilari D.Uotson, E.Torndayklardir.
BOSHQARISH - tabiatning turlicha boTgan (biologik, ijtimoiy va texnik, tizimlari funksiyalarini, ularning ishini tashkil qilish, maqsad va dasturlarini amalga oshirishga qaratilgan jarayon).

Yüklə 29,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin