KICHIK GURUH - a’zolari birgalikdagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi va bevosita shaxslararo munosabatda boMuvchi kishilar guruhi.
KONTENT ANALIZ - turli matnlarni o‘rganish bilan matnlaming o‘ziga xos xarakterli tomonlarini aniqlash.
KONFORMLIK - individning guruh fikrlariga tashqi tomondangina qo‘shilib, ichki tomondan esa qo‘shilmay o‘z fikrida qolishi, guruhga ongli ravishda moslashishi.
KORRELYATSION TAHLIL - tekshirilayotgan hodisalar yoki omillaming shakllari, belgilaridagi aloqadorlik darajasini (bir-biriga bog‘liqligini ) baholashning statistik metodi.
KUZATTSH - psixologiya metodlaridan biri bo‘lib, odamning hatti-harakatlarida namoyon bo‘ladigan turli hodisalarni o‘rganish va subyektiv psixik hodisalar to‘g‘risida ma’lumot olishdan iborat.
KUZATUVCHANLIK- shaxs xususiyatlaridan biri, u idrok qilish jarayonida narsaning kamdan-kam uchraydigan, ammo muhim tomonlarini payqay olishida namoyon bo‘ladi.
KO‘NIKMA - odamning ma’lum ishni bajarishga tayyorligida ko‘rinadigan qobiliyati. Ko‘nikma mahoratning asosini tashkil qiladi.
LABORATORIYA TAJRIBASI - psixologiya metodlaridan biri, tekshiriluvchiga ta’sir etuvchi barcha omillarni qat’iy nazorat qilgan holda sun’iy sharoitda o‘rganish.
LAYOQAT - nerv tizimining irsiy determinatsiyalashgan anatomik-fiziologik xususiyati, odamda qobiliyatlar tarkib topishi va rivojlanishining dastlabki tug‘ma, tabiiy zaminidir.
LIBIDO- psixoanaliz ta’limotining asosiy tushunchalaridan bo‘lib, jinsiy maylni bildiradi.
LOKUS NAZORAT - odamning o‘z faoliyati natijalariga javobgarligini tashqi kuchlardan ko‘rishi (ekstemal yoki tashqi lokus nazorati) yoki o‘zining qobiliyatlaridan, intilishlaridan ko‘rish xislati (internal yoki ichki lokus nazorati). LONGITYUD TADQIQOT - tekshiriluvchilarni uzoq muddat va doimiy ravishda o'rganish. Longityud tadqiqot odamdagi individual va yosh davrlaridagi o'zgarishlarni qayd qiladi.