BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI - psixologiya fanidagi boshqarish faoliyatining psixologik qonuniyatlarini o‘rganuvchi soha.
VIJDON - axloqiy ong tushunchasi. U yaxshilik va yomonlikni ajrata olish, o‘z hatti-harakatlariga axloqan javob bera olishga qaratilgan ichki e’tiqoddan iborat. VYURTSBURG MAKTABI - XX asr boshlaridagi nemis psixologlari (K.Byuller, N.Ax, O.Kyulpe va boshqalar) asos solgan ilmiy maktab. Unda birinchi bo‘lib maxsus eksperimentlar predmeti qilib tafakkur o‘rganildi. GENEZIS - biror bir hodisa yoki narsa rivojlanishi jarayonining qonuniyatlarini aks ettiruvchi tushuncha.
GENETIK METOD - psixik holatlarning paydo bodishi va ularning quyidan yuqoriga qarab rivojlanish jarayonini o'rganish usullari.
GENETIK PSIXOLOGIYA - odam individual psixologik xususiyatlarining kelib chiqishi, ularning shakllanishida genotip va muhitning rolini o‘rganadigan soha. GENIALLIK - shaxsning eng yuksak darajadagi ijodiyoti bilan o‘zini namoyon qilish hodisasi.
GENOTIP - ota-onadan farzandga o‘tadigan genlar majmui, irsiy
asosi.
GERONTOPSIXOLOGIYA - psixologiya tarmog‘i, qarilik davri psixologiyasini o‘rganadi.
GESHTALTPSIXOLOGIYA - hozirgi zamon chet el psixologiya maktablaridan biri bodib, XX asrning 30-yillarida Germaniyada shakllangan. Unda murakkab psixik hodisalarni tushuntirish uchun hodisalaming bir butunligini asos qilib olinadi. Asoschilar: M.Vertgeymer, V.Kyoler, K. Koflka.
GIPNOZ - bosh miya ba’zi markazlarini tormozlash natijasida odamlarda va hayvonlarda maxsus ravishda hosil qilinadigan sun’iy uyqu.
GURUH - odamlarni birgalikdagi faoliyat mazmuni yoki muloqotda bodish xarakteri kabi qator belgilariga asoslangan birligi. Guruhlar real va shartli bodishi mumkin.
DEBILLIK - tug‘ma yoki turmush jarayonida hosil qilingan aqliy zaiflik.
DEPERSONA LIZATSIYA — shaxsda shaxsiy “m en ” hissining yo‘q bodishi. DEPRESSIYA - tushkunlik kayfiyati; odamda intilishlarning susayishi, harakatlarning tormozlanishi bilan bogdiq ravishda yuzaga keladigan ruhiy holat. DETERMINIZM - tabiatdagi barcha narsalar, shu jumladan, psixik hodisalarning ro‘y berishi obyektiv sabablar va qommlar bilan belgilanadi, degan qarash. DIALOG - ikki va undan ortiq kishilarning o‘zaro og‘zaki gaplashishi.