ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 870 www.ares.uz yashaydi. Besh yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasidagi oʻlimning 45 foizi aynan toʻyib
ovqat yemaslik natijasida kelib chiqayotir. Hozirgi kunda har yili 3,1 nafar bola
aynan shu sabab hayotdan koʻz yummoqda.
Oziq-ovqat havfsizligi mamlakat aholisining sog'ligini saqlashga imkon
beradigan demografik holatning ijobiy rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko‗rsatadi.
Havfsiz oziqlanish hayot davomiyligini uzaytiradi, bolalarning barkamol o‗sishi va
rivojlanishiga yordam beradi, ko‗pgina kasalliklarning oldini oladi, shu orqali millat
salomatligini ta‘minlaydi. Butun dunyoda sun‘iy mahsulotlarni ishlab chiqarish
kundan-kunga ko‗payib borayotgan, bugungi kunda oziq-ovqat havfsizligi ustidan
nazoratni susaytirishga aslo yo‗l qo‗yib bo‗lmaydi. Mamlakatning oziq-ovqat
havfsizligi-jismoniy talablar darajasida aholi salomatligi holatiga havf solmasdan
aholini muhim iste‘mol mahsulotlari bilan uzluksiz ta‘minlash imkoniyati
kafolatlangan ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy holatdir. Boshqacha qilib aytganda,
hozirgi yashayotgan va kelajakda tug‘iladigan avlod uchun havf tug‘dirmaydigan
oziq-ovqat havfsiz hisoblanadi, Shu bois, bugungi kunda mahsulot sifatini nazorat
qilishning obyektivligi o‗z navbatida butun insoniyat salomatligi uchun havfsizligini
kafolatlagani bois, mazkur soha bilan bog‘liq muammolarga yuzaki qarab bo‗lmaydi.
Bizning tadqiqot mavzuimizni chuqur ochib berish, sohadagi muammolarni ochib
berish, zarur takliflar bildirish, O‗zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarini
tahlil qilishni taqozo etadi. ―Aholining Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi
to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi qonunining 17-moddasida fuqarolar davlat
boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, shuningdek davlat
sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlardan sanitariya-epidemiologik vaziyat
va insonning yashash muhiti holati, yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi
tadbirkorlardan mahsulotning, shuningdek bajarilayotgan ishlar va ko‗rsatilayotgan
xizmatlarning xavfsizligi hamda sifati to‗g‗risida axborot olish huquqida ega ekanligi
belgilangan. Bundan kelib chiqadiki, har bir fuqaro o‗zi iste‘mol qiladigan
mahsulotning havfsizlik talablariga qanchalik javob berishi haqida yetarli
ma‘lumotga ega bo‗lishga huquqlidir. Shuningdek qonunchiligimizda, ―Oziq-ovqat
mahsulotining havfsizligi‖ tushunchasiga ta‘rif berilgan: ―Oziq-ovqat mahsulotining
havfsizligi — Oziq-ovqat mahsulotining sanitariya, veterinariya, veterinariya-
sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalariga mosligi‖, ko‗rinib turganidek,
ta‘rifda havfsizlik uchun talab aynan ko‗rsatilmasdan boshqa normativ-hujjatlarga
havola qilingan. Mahsulotning sifati va xavfsizligini ta'minlaydigan talablar majburiy
bo‗lib, u qonun yoki boshqa normativ hujjat belgilangan tartibda o‗rnatiladi.
Iste'molchilarning havfsizligini ta'minlash bo‗yicha majburiy talablar O‗zbekiston