ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 874 www.ares.uz bog'liq eng dolzarb muammolardan biriga aylandi. Dastlab ushbu sohaga e‘tiborsiz
bo‗lingan
bo‗lsada,
hozirgi
kunda
bir
qancha
davlatlarda
genetik
modifikatsiyalshtirilgan mahsulotlarni tayyorlash, sotish va tarqatish taqiqlangan.
Biroq, bugungi kunda genetik modifikatsiyalashgan organizmlar oziq-ovqat havfsiligi
sohasidagi yagona muammo emas. Qishloq xo‗jaligida qo‗llaniladigan kimyoviy
vositalar (agroximikatlar - qishloq xo‗jaligida begona o‗tlar, zararkunandalar va turli
o‗simlik kasalliklarini nazorat qilish uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalar) ham
insoniyat oziq-ovqat havfsizligiga tahdid solayotgan global muammolardan biridir.
O‗zbekiston Respublikasi qonunchiligi tahlili va jahon hamjamiyati
olimlarining fikrlarini o‗rganish asnosida quyidagicha xulosalarga kelishimiz
mumkin:
Tarkibida GMO mavjud mahsulotlar:
- Sog'liq uchun zararli, saraton kasalligining rivojlanishiga sabab bo‗ladi;
- Semirishga olib keladi;
- Aholining reproduktiv salomatligining buzilishiga olib keladi.
Yuqoridagilarni hisobga olib, mamlakatimizda quyidagi chora-tadbirlar amalga
oshirilishi lozim:
- Genetik modifikatsiyalashgan organizmlarning ilmiy asoslangan xavflarini
hisobga olish;
- Genetik modifikatsiyalash bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlar, ulardan foydalanish
va gen injeneriyasi tadqiqotlari natijalaridan foydalanishni kamaytirish;
- Mamlakatimiz qishloq xo‗jaligini rivojlantirishga yordam beradigan ekologik
toza qishloq xo‗jaligi amaliyotlarini o‗rganish va rivojlantirishni qo‗llab-quvvatlash;
- Iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish bilan aloqador normativ
hujjatlarga tarkibida modifitsiyalashtirilgan organizmlar bor bo‗lgan oziq-ovqat
mahsulotlarini chetdan olib kelish va iste‘mol qilishni cheklash, shuningdek bolalar
ovqatida genetik modifitsiyalashtirilgan organizmlarni qo‗llashga taqiq joriy etishga
yo‗naltirilgan qo‗shimchalar kiritish.
1901-yilda Yapon biologi ipak qurtlarini o‗ldiradigan bakteriyalar turini topdi.
Bakteriyalar ―Bacillus thuringiensis‖ deb nomlangan va ko‗p yillar davomida
umurtqali hayvonlar uchun havfsiz deb hisoblangan hasharotlar sifatida ishlatilgan.
1980-yillarning o‗rtalarida Belgiya biologlari bakteriyalarning qishloq xo‗jaligida
ta'sirini yaxshilashga qaror qilishdi va tamaki DNKsiga Vt oqsilini kiritishdi.
O‗simlik o‗zining hasharotlar oqsilini ishlab chiqara boshladi, undan zararkunandalar
nobud bo‗ldi. Keyin texnologiya kartoshka va makkajo‗xori uchun qo‗llanildi.
To‗satdan, atrof-muhitni muhofaza qilish tashkilotlari, ilgari zararsiz deb hisoblangan
oqsilda jiddiy tahdidni ko‗rdilar. Ekologlar pestitsidning o‗ziga emas, balki genetik