Gmo mahsulotlarini cheklashning ahamiyati


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 429,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix15.06.2023
ölçüsü429,36 Kb.
#130738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
OZIQ OVQAT

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Academic Research, Uzbekistan 873 www.ares.uz 
―Raundap‖ gerbitsidi hamda GMO mahsulotlarining katta qismi ―Monsanto‖ 
(AQSH) firmasi tomonidan ishlab chiqariladi. Dyupon (AQSH), BASF (Germaniya), 
Singenta Sids S.A (Fransiya) firmalarida, shuningdek Moskva, Sankt-Peterburg, 
Nijniy Novgorod shaharlari va Finlyandiya davlatida ham GMO mahsulotlarini ishlab 
chiqarish keng yo‗lga qo‗yilgan. Qizig‘i shundaki, ushbu firmalardan o‗simlik 
urug‘ini sotib olayotgan kishi albatta uni yetishtirishda qo‗llaniladigan o‗g‘itni ham 
xarid qilish kerak bo‗ladi. Argentinda GMO usulida soya yetishtirish keng yo‗lga 
qo‗yilganidan so‗ng Santa-Fe provinsiyasida homila rivojlanishidagi nuqsonlar 
birmuncha ko‗paydi. Buenos-Ayresda tibbiyot universitetining molekulyar 
embriologiyasi laboratoriyasi olimlari fikricha, buning sababi glifosat (raundap 
gerbitsidining faol moddasi) bilan bog‘liqligi aniqlashga muvofaq bo‗lishdi. Chunki 
o‗simliklarga sepilgan gerbitsidining ma‘lum bir miqdori o‗simlikning o‗zida qolib 
oziq moddasi sifatida inson organizmiga tushadi va uni zararlaydi. Yana shuni aytish 
kerakki, glifosat gerbitsidi kuchli kanserogen xususiyatga ega bo‗lib insonda 
limfoma, rak, meningit, DNK ning zararlanishi shunga o‗hshahsh kasalliklarini 
keltirib chiqarishi mumkin. Erkaklarda esa bu narsa testosteron (erkaklik gormoni) 
ishlab chiqarilishining buzlishiga olib kelishi va bepushtlikka sabab bo‗lishi mumkin. 
Qishloq xo‗jaligida GMO mahsulotlarining ommaviy yetishtirilishi biologik xilma-
xillik kamayishi, atrof-muhit ifloslanishi, tuproqdagi turli xil bakteriyalar, ayniqsa 
chuvalchanglar yoqolib ketishiga olib kelishi isbotlangan. Bundan tashqari
o‗simliklar changlanishida asosiy rolni o‗ynaydigan asalarilarning nobud bo‗lishi, shu 
bilan birga qushlar va baliqlarning qirilishi kuzatilmoqda.
Fransiya va Italiya olimlarining ―Raundap‖ gerbitsidi bilan ishlov berilgan 
GMO makkajo‗xorisi ikki yil davomida kalamushlarga berib boqilganda ularning 
salomatligida o‗zgarishlar ro‗y bergan. GMO va gerbitsid ular organizmidagi jinsiy 
gormonlar muvozanatini izdan chiqarib, jigarida esa dimlanish va nekrozni yuzaga 
keltirganligi optik va elektron mikroskoplar yordamida aniqlangan. Aberdin 
(Shotlandiya) universiteti professori Arpad Pushtay 1998-1999 yillarda transgenli 
kartoshkaning ichak epiteliysiga zararli ta‘sirini va jigar atrofiyasini keltirib 
chiqarishini kalamushlarda tajriba o‗tkazib kuzatgan. Ushbu ilmiy tajriba 1999-2000-
yillarda dunyo olimlari katta shov-shuvga olib keldi. Xuddi shunga o‗xshash tajribani 
qirqqa yaqin kemiruvchilar ustida olib borgan Gabina-Vakulik G.I. guruhi (2013) 
GM makkajohori va soya o‗simligi iste‘mol qilgan hayvonlarning ichki a‘zolarida 
jiddiy 
o‗zgarishlar 
kuzatilganligini 
aniqlashgan. 
Dastlabki 
yillarda 
biotexnologiyaning (genetik modifikatsiyalashtirilgan organizmlar) ushbu rivojlanishi 
ko‗plab mamlakatlarda ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal etishga qaratilgan edi. 
Hozirda biotexnologiya tirik organizmlarni genetik modifikatsiyalashtirish bilan 



Yüklə 429,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin