Bola xarakatlanayotgan narsani kuzata boshlaydi.U tovushlarga jumladan kattalarning tovushlariga etibor bera boshlaydi.Yangi tug’ulgan chaqaloqning miya og’irligi kattalar miyasining 4\1 qismiga to’gri keladi,nerv xujayralari soni esa huddi kattalarniki kabi bo’lib lekin ular yetarli darajada rivojlanmagan bo’ladi.
Ilk go’daklik bu bolaning ximoyasiz kamharakat, harakat holatidan juda jadal ravishda rivojlanadigan,quvnoq bolaga aylanish davridir.Ujuda tez kattalar bilan munosabat o’rnatadi,predmetlarni ushlashga va ulardan foydalanishga o’rganadi.U atrof olamdagi narsalarni kuzatadi va predmetlarni qo’li bilan ushlab ularni qandayligini bilishga intiladi,tovushlarga e’tibor beradi va predmetlar yordamida shu tovushlarni o’zi yaratishga harakat qiladi.