GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 7 | 2023 https://t.me/goldenbrain_journal Multidisciplinary Scientific Journal March, 2023
44 qilinmadi. 1916 yili ozarbayjonlik mashhur aktyor Sidqiy Ruhillo Toshkentga kelib,
“Turon” truppasi bilan birga “Layli va Majnun” spektaklini qo‘yadi. Avloniy bu
spektaklda qaysning otasi rolini ijro etadi. Truppa a’zolari bilan Avloniy 1914—1916
yillari Farg‘ona vodiysida gastrollarda bo‘ladi. Abdulla Avloniy 1917 yil to‘ntarishiga
qadar Turkistonda juda katta ijtimoiy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirgan jadidlar
щarakatining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan edi. Abdulla Avloniy ilg‘or ziyoli
kishilar bilan hamkorlikda teatr tomoshalari va matbuotdan tushgan mablag‘larga
dunyoviy ilimlarni o‘qitadigan “Usuli jaded”, ya’ni yangicha ilg‘or usuldagi maktablar
ochdilar va bu maktablarda xalq bolalarini o‘qitdilar. Ular o‘z millatlaridan yetuk
olimlar, bilimdon mutaxassislar, madaniyat arboblari yetishib chiqib,. yurtni obod,
Vatanni ozod, farovon etishlarini orzu qildilar va bu yo‘lda fidoyilik ko‘rsatdilar.
Abdulla Avloniy 1907 yilda Toshkentning Mirobod mahallasida, keyinchalik Degrez
mahallasida yangi usuldagi maktablar ochdi. Maktablardagi o‘quv asbob-jihozlarini
o‘zgartirdi, o‘z qo‘li bilan parta va doskalar yasadi. Maktabga qabul qilingan
bolalarning asosiy qismi kambag‘al kishilarning bolalari bo‘lganligi uchun ularni
kiyim-kechak, oziq-ovqat, daftar-qalam bilan ta’minlash maqsadida, do‘stlarining
ko‘magida “Jamiyati xayriya” tashkil etadi va bu jamiyatga o‘zi raislik qiladi.
“Nashriyot” shirkati tuzib, Xadrada “Maktab kutubxonasi” nomli kitob do‘konini
ochdi. Avloniyning maktabi o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalariga ko‘ra
mashg‘ulotlarni sinf-dars tizimi asosida o‘z ona tilida olib borilishi bilan eski usul
maktablaridan farq qiladi. U o‘z maktabida bolalarga geografiya, tarix, adabiyot, til,
hisob, handasa, hikmat kabi fanlardan muayyan ma’lumotlar beradi. Abdulla
Avloniyning ilk o‘quvchilardan biri, Toshkent Davlat universitetida uzoq yillar dars
bergan taniqli pedagog, marhum Yusuf Tohiriy Avloniy Mirobodda tashkil qilgan
maktab haqidagi xotiralarida shunday deb yozgan edi: “Shaharning qarama-qarshi
chekkasida, temir yo‘l ishchilari istiqomat qiladigan Mirobodda yangi tipdagi maktab
ochilganligi haqida eshitib qoldik. Tez orada bu maktabning fazilatlari haqidagi shov-
shuvlar, uning muallimi Avloniyning dovrug‘i butun shaharga tarqaldi. Hammaning
tilida: “Miroboddagi maktab 6 oyda o‘qish-yozishni o‘rgatarmish, jo‘g‘rofiya, hisob,