GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 7 | 2023 https://t.me/goldenbrain_journal Multidisciplinary Scientific Journal March, 2023
45 tabiatni o‘rganish degan darslar o‘qitilarmish”, — degan gap yurardi. Bizga juda sirli
tuyulgan bu maktabni va uning donishmand muallimini ko‘rishga oshiqardik. Nihoyat
bir kuni uch-to‘rttamiz borishga jazm qildik. Maktab pastakkina, nim qorong‘u bo‘lib,
masjid yo‘lagiga joylashgan edi. Xonaning tepasida yorug‘lik uchun qoldirilgan
tuynukdan qish va bahorda qor bilan yomg‘ir ham tushib turardi. Lekin xonada
o‘quvchilar va domlaning shogirdlari ko‘p edi. Xayolimizda domlaning allaqanday bir
sirli tomoni bor edi. Bizni qotmagina, kichik jussali, qorachadan kelgan, istarasi issiq,
cho‘qqi soqol bir kishi kutib oldi. Bu nomi tilga tushgan muallim Avloniy edi.
O‘qishga qabul qilindik. Ko‘p o‘tmay ko‘z oldimizda yangi bir dunyo ochilganiga to‘la
ishonch hosil qildik. Bolalarimizning oldi bir necha yildan beri maktabga qatnab
yurgan bo‘lsalar ham mirobodliklar oldida uyalib qoldik. Ular o‘qish-yozishda, hisob
masalalarini hal etishda, tabiat hodisalaridan xabarlari bilan hammamizni lol
qoldirishdi. Ayni zamonda bizning eski maktabimiz bo‘shab, Miroboddagi Abdulla
Avloniy maktabi bizdan borgan bolalar bilan liq to‘ldi. Shu tariqa bu maktab tobora
shuhrat topib bordi”. Abdulla Avloniy «Usuli jadid» maktablari uchun to‘rt qismdan
iborat “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” hamda “Birinchi Muallim” (1912), “Turkiy
guliston yoxud axloq” (1913), “Ikkinchi Muallim” (1915), “Maktab gulistoni” (1917)
kabi darslik va o‘qish kitoblari yaratdi. Bu asarlarida hamda publitsistik maqolalarida
dunyo xalqlari madaniyatini, ilm-fanni, maktab va maorifni ulug‘lab, o‘z xalqini ilmli,
madaniyatli bo‘lishga chaqiradi. XX asr boshlarida yangi maktablar uchun yozilgan
alifbelar anchagina edi. Shular orasida Avloniyning “Birinchi Muallim”i ham o‘ziga
xos o‘ringa ega; “Birinchi Muallim” 1917 yil to‘ntarishiga qadar 4 marta nashr etilgan.
Avloniy uni yozishda mavjud darsliklarga, birinchi navbatda Saidrasul Aziziyning
“Ustozi avval”iga suyanadi (dars berish jarayonida orttirgan tajribalaridan samarali
foydalanadi). Avloniyning “Ikkinchi Muallim” kitobi “Birinchi Muallim” kitobining
uzviy davomidir. Kitobdagi dastlabki berilgan ikki hikoya “Saxiylik” va “Baxillik” deb
nomlangan. Birinchi hikoyada o‘sha davr turmushiga xos bo‘lgan voqea tasvirlanadi.
Said ismli bolaning otasi har kuni o‘g‘li maktabga ketishi oldidan unga 10 tiyin ovqat
puli berardi. Bir kuni Said maktab yo‘lida faqir kishini uchratadi. “O‘g‘lim ikki kundan