GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 7 | 2023 https://t.me/goldenbrain_journal Multidisciplinary Scientific Journal March, 2023
46 beri ochman, taom olib yey desam ustimdagi yirtiq choponimdan boshqa hech narsam
yo‘q”,— deydi u. Said qo‘lidagi 10 tiyinni beradi va o‘sha kunni ovqatlanmasdan
o‘tkazadi. Otasi o‘g‘lonning oliyjanobligidan mamnun bo‘ladi, “Saxiy Saidim” deb
olqishlaydi. Ertasiga 20 tiyin berib yuboradi. “Baxillik” hikoyasida bir badavlat kishi
misolida uning baxilligi, xasisligi, ziqnaligi va pastkashligi ko‘rsatiladi. Abdulla
Avloniyning pedagogikaga oid asarlari ichida “Turkiy guliston yoxud axloq” asari XX
asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o‘rganish sohasida katta ahamiyatga
molikdir. “Turkiy guliston yoxud axloq”asari axloqiy va ta’limiy tarbiyaviy asardir.
Asarda insonlarni “yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlardan qaytaruvchi” bir ilm-axloq
haqida fikr yuritiladi. Shu jihatlardan qaraganda bu asar Yusuf Xos Hojibning
“Qutadg‘u bilig”, Nosir Xisravning “Saodatnoma”, Sa’diyning “Guliston” va
“Bo‘ston”, Jomiyning “Bahoriston”, Navoiyning “Mahbub ul- qulub”, Ahmad
Donishning “Farzandlarga vasiyat” asarlari shaklidagi o‘ziga xos tarbiyaviy asardir.
Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasining roli haqida fikr yuritib “Agar bir
kishi yoshligida nafsi buzulib, tarbiyasiz, axloqsiz bo‘lib o‘sdimi, allohu akbar, bunday
kishilardan yaxshilik kutmoq yerdan turub yulduzlarga qo‘l uzatmak kabidur”, —
deydi. Uning fikricha, bolalarda axloqiy xislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit,
oilaviy sharoit va bolaning atrofidagi kishilar g‘oyat katta ahamiyatga ega. O‘zbek
pedagogikasi tarixida Abdulla Avloniy birinchi marta pedagogikaga “Pedagogiya”,
ya’ni bola tarbiyasining fanidir”, deb ta’rif berdi. Tabiiy bunday ta’rif Avloniyning
pedagogika fanini yaxshi bilganligidan dalolat beradi. Abdulla Avloniy bola
tarbiyasini nisbiy ravishda quyidagi to‘rt bo‘limga ajratadi: 1. “Tarbiyaning zamoni”.
2. “Badan tarbiyasi”. 3. “Fikr tarbiyasi”. 4. “Axloq tarbiyasi” haqida hamda uning
ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritadi. “Tarbiyaning zamoni” bo‘limida tarbiyani
yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga hammani: ota-ona, muallim, hukumat va
boshqalarning kirishishi kerakligini ta’kidlaydi. Har bir xalqning taraqqiy qilishi,
davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq, deb
hisoblaydi adib. Tarbiya zurriyot dunyoga kelgandan boshlanib, umrning oxiriga qadar
davom etadi. U bir qancha bosqichdan — uy, bog‘cha, maktab va jamoatchilik