Golden brain issn: 181-4120 volume


GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 7 | 2023



Yüklə 244,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix11.05.2023
ölçüsü244,98 Kb.
#111175
1   2   3   4   5   6
42-47

GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 7 | 2023
 
 
https://t.me/goldenbrain_journal Multidisciplinary Scientific Journal March, 2023
43
 
qo‘yadi. Abdulla Avloniy keyinroq “Sadoyi Turkiston” (1914—1915), “Turon” 
(1917), “Ishtirokiyun” (1918) gazetalarida, “Kasabachilik harakati” (1921) jurnalida 
muharrir bo‘lib ishlaydi. Shundan so‘ng, u o‘zbek matbuotning zabardast vakili, 
o‘zbek matbuotning asoschilaridan biri sifatida taniladi. Abdulla Avloniy xalq orasida 
ilg‘or fikrlarni tarqatishda, ilm va ma’rifatni tashviq qilishda gazeta, jurnallarning roli 
g‘oyat katta ekanligini yaxshi bilar edi. U 1907 yili “Shuhrat”, “Osiyo” nomli gazetalar 
chiqarib unga muharrirlik qiladi. Gazetaning birinchi sonida matbuotning roli
gazetaning vazifasi haqida fikr yuritib, “Matbuot” har insonga o‘z holini ko‘rsatuvchi, 
ahvol olamdan xabar beruvchi, qorong‘i kunlarni yorituvchi, xalq orasida ilm, ittifoq, 
himmat g‘oyalari”ni yoyuvchidir deb, baliqning suvsiz yashamog‘i mumkin 
bo‘lmagani kabi insonning ham ilmsiz yashamog‘i mumkin emasligini uqtiradi. XX 
asr boshlarida O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida pedagogik fikrlarning 
rivojida Abdulla Avloniy alohida o‘rin egalladi, butun faoliyati davrida u o‘z xalqiga 
xizmat qiladigan komil insonni yetishtirish, uning ma’naviyatini shakllantirishga 
alohida e’tibor berdi. Abdulla Avloniy o‘zbek xalqning san’ati va adabiyoti hamda 
milliy madaniyatini, xalq ta’limi ishlarini yo‘lga qo‘yishda katta xizmatlar qilgan adib, 
jamoat arbobi va iste’dodli pedagogdir. Abdulla Avloniy o‘zbek ziyolilari ichida 
birinchilardan bo‘lib, o‘zbek xalq teatrini professional teatrga aylantirish uchun 1913 
yilda “Turon” nomi bilan teatr truppasini tashkil qiladi. Biroq bu truppaning 
professonal teatrga aylanishi uchun katta to‘siqlar bor edi. Chor hukumatining 
mustamlakachilik siyosati xalqning ijtimoiy ongining uyg‘onishiga yordam 
ko‘rsatuvchi teatrlarning barcha shakllariga qarshi edi. Teatrga ana shunday salbiy 
munosabatda bo‘lgan bir paytda Avloniyning teatr truppasini tashkil qilish va ijtimoiy 
mazmundagi pesalarni sahnalashtirishi uning xalq ma’rifati yo‘lidagi zo‘r jasorati edi. 
Teatrshunos M.Rahmonov Avloniyning teatrchilik faoliyati haqida shunday yozadi: 
“Avloniy truppa uchun “Advokatlik osonmi?”, “Pinak”, “Ikki muщabbat”, 
“Portug‘oliya inqilobi” kabi dramalar yozdi, “Qotili Karima”, “Uy tarbiyasining bir 
shakli”, “Xiyonatkor oilasi”, “Badbaxt kelin”, “Jaholat”, “O‘liklar” kabi sahna 
asarlarini tatarcha va ozarbayjonchadan tarjima qiladi”. Ammo bu asarlar nashr 



Yüklə 244,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin