Ijara yer uchastkalari va binolarni o‘z ichiga oladi. Ijaraga beruvchi buni o‘z hisobida qanday tasniflashi lozim?
{ijaraga beruvchi har bir tarkibiy qismni yoki ularning hammasini umumiy qilib moliyaviy yoki operatsion ijara sifatida tasniflashi mumkin
ijaraga beruvchi ijarani operatsion ijara sifatida tasniflash lozim
ijaraga beruvchi har bir tarkibiy qismni yoki ularning hammasini umumiy qilib moliyaviy yoki operatsion ijara sifatida tasniflash mumkin
ijaraga beruvchi ijarani moliyaviy ijara sifatida tasniflashi lozim}
Ijaraga oluvchi ijara boshlanishi sanasiga foydalanish huquqi shaklidagi aktivni hisobda qanday buxgalteriya yozuvi bilan aks ettiradi?
{Dt – foydalanish huquqi shaklidagi aktiv
Kt – ijara bo‘yicha majburiyat
Ijara boshlanishi sanasiga foydalanish huquqi shaklidagi aktiv tan olinmaydi
Dt – foydalanish huquqi shaklidagi aktiv
Kt – ijara bo‘yicha xarajatlar
Dt – foydalanish huquqi shaklidagi aktiv
Kt – ijara bo‘yicha xarajatlari
Kt – ijara bo‘yicha boshlang‘ich bevosita xarajatlar}
16-son MHXS (IFRS 16) ga ko‘ra qisqa muddatli ijara nima?
{ijara boshlanish sanasiga jami ijara muddati 12 oydan oshmagan ijara (o‘zaytirishga va bekor qilishga opsion (xuquq)lar orqali qoplanadigan davrlarni hisobga olgan holda, basharti ijaraga oluvchi opsionni bajarishi, ya’ni shartnoma muddatini o‘zaytirish huquqidan foydalanishi yoki opsionni bajarmasligi, ya’ni shartnomani bekor qilish huquqidan foydalanmasligi bo‘yicha yetarlicha ishonch hosil qilgan bo‘lsa)
ijara boshlanishi sanasiga jami muddati 12 oydan oshmaydigan bo‘lsa
bazaviy aktivga egalik qilish bilan bog‘liq barcha tavakkalchilik va naflarni berib yuborish
ijaraga olinadigan aktivni sotiv olish opsionni o‘z ichiga oluvchi ijara shartnomasi}
Korxona 10 yil muddatga yer uchastkasining ijara shartnomasini tuzdi. Ijara shartnomasida mazkur shartnomani yana 10 yil muddatga o‘zaytirish imkoniyati mavjudligi nazarda tutilgan. Korxona yer uchastkasida bino qurishni rejalashtirmoqda. Binoni qurishda xarajatlar ahamiyatga molik summani tashkil etadi, binoning baholanayotgan foydali xizmat muddati 20 yilga teng. Shartnoma muddati o‘zaytirilgan taqdirda, ijara to‘lovlariga xuddi shunday qurilishi tugallanmagan yer uchastkalari uchun bozor stavkalarini hisobga olgan holda, ya’ni binosiz, tuzatishlar kiritiladi. Ijara muddati qanchaga teng?
{20 yil
10 yil
15 yil
to‘g‘ri javob yo‘q}
Dostları ilə paylaş: |