G‘oyalar xilma-xilligi tushunchasining ma’no-mazmuni nimada?


“Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish” (I.A.Karimov) deganda nimani tushunasiz?



Yüklə 29,41 Kb.
səhifə4/10
tarix22.12.2023
ölçüsü29,41 Kb.
#189223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4-mavzu nazorat savollariga javoblar va test G‘oyalar xilma-xill-hozir.org

7. “Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish” (I.A.Karimov) deganda nimani tushunasiz?
Hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasida chuqur o‘zgarishlar ro‘y berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma’lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, ta’bir joiz bo‘lsa, avvalo ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur. Toki yoshlarimiz milliy o‘zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo‘lib yetishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning «da’vati» ham, axloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g‘oyalar ham ularga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydi. Yosh avlodimizni turli ma’naviy tajovuzlardan himoya qilish haqida gapirganda, nafaqat xalqimizni ulug‘laydigan buyuk xususiyatlar, ayni paytda uning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan, eski zamonlardan qolib kelayotgan noma’qul odatlar haqida ham ochiq so‘z yuritishimiz zarur.
8. Korrupsiyaning – mazmuni va mohiyati haqida nimalarni bilasiz?
Korrupsiya (lotincha “sorruptio” – poraga sotilish, aynish, tanazzul) – mansabdor shaxsning boyish maqsadida, o‘z mansabi bilan bog‘liq vakolatlarini suiiste’mol qilishdan iborat jinoyatdir.
“Korrupsiya” tushunchasi qonunlar ishlab chiqish jarayoniga, qonunni qo‘llash amaliyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababdan ham, bu muammo na faqat milliy davlatlarni, balki xalqaro tashkilotlarni ham tashvishlantirmoqda.
Hozirgi vaqtda kriminalist olimlar o‘rtasidagi bahslarda, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy, mehnat, xo‘jalik huquqi sohasidagi mutaxassislarning ilmiy ishlarida, ommaviy axborot vositalarida “korrupsiya” iborasi turli ma’nolarda qo‘llanilmoqda, bu esa korrupsiya ijtimoiy-huquqiy hodisa bo‘lib, poraxo‘rlikning o‘ta salbiy ko‘rinishidir, deb xulosa qilish imkonini beradi. Bu so‘zni fuqarolarimiz o‘zaro muloqotda qo‘llaydilar va bu so‘z kundalik nutqda ham qulog‘imizga tez-tez chalinadigan bo‘lib qoldi. Ba’zi manbalarda esa bu atama “iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar” va “mansabdorlik jinoyatlari” kabi so‘zlar bilan bir qatorda qo‘llanadi. Respublikamizda chop etilgan huquqiy adabiyotlar va maqolalarda ham korrupsiya deyilganida, yuqori mansabdagi shaxslar tomonidan sodir etilgan poraxo‘rlik nazarda tutiladi.

Yüklə 29,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin