4-mavzu nazorat savollariga javoblar va test G‘oyalar xilma-xilligi tushunchasining ma’no-mazmuni nimada?
4-mavzu nazorat savollariga javoblar va test
G‘oyalar xilma-xilligi tushunchasining ma’no-mazmuni nimada?
Ilmiy bilishda g‘oya muhim rol o‘ynaydi.
G‘oyalar tabiatiga ko‘ra: a) ilmiy g‘oyalar; b) badiiy g‘oyalarga bo‘linadi.
G‘oyalar xarakteriga ko‘ra: a) borliqning to‘g‘ri, real in’ikosidan iborat g‘oyalar, b)borliqning xato yoki fantastik in’ikosidan iborat g‘oyalar.
Shuningdek, g‘oyalar: a) progressiv va b) reaksion g‘oyalarga ham bo‘linadi. Progressiv g‘oyalar ilmiy bilishni rivojlantirishga xizmat qilsa, reaksion g‘oyalar unga to‘sqinlik qiladi.
Umuman olganda, g‘oyalarni namoyon bo‘lish xususiyatlariga qarab quyidagi turlarga:
bunyodkor va vayronkor;
ilmiy va xayoliy;
falsafiy;
dunyoviy va diniy;
badiiy;
ijtimoiy-siyosiy;
milliy va umuminsoniy;
ma’naviy va ma’rifiy;
axloqiy va estetik;
tarbiyaviy g‘oyalar va hokazolarga ajratamiz.
G‘oya – fikrning ijtimoiylashgan ko‘rinishi deganda nima tushuniladi ?
"G‘oya" aslida arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida - maqsad, intilish, niyat, qasd deganma’nolarni anglatsada, kishilarning kundalik ilmiy va amaliy faoliyatida esa birinchidan, obyektiv borliqni, voqelikni kishi ongida aks ettiruvchi, ayni zamonda kishining obyektiv borliqqa, voqelikka munosabatini ifodalovchi, kishilarning dunyoqarashlari asosini tashkil etuvchi, odamlarni maqsad sari yetaklovchi fikr, tushuncha, tasavvur; ikkinchidan, badiiy, siyosiy yoki ilmiy asarning mazmuni, tub mohiyatini belgilovchi asosiy fikr; uchinchidan, biror ish-harakat qilish haqidagi fikr, o‘y, niyat, maqsad degan ma’nolarni anglatish uchun ishlatiladi. Biroq, g‘oyani bunday kundalik sodda, oddiy tarzda tushunish uning tub moxiyatini ochib berolmaydi. Shuning uchun ham g‘oya nima, u qanday paydo bo‘ladi, shakllanadi va rivojlanadi, degan savollarga javob topish masalasi azaldan barcha aqli raso odamlarni qiziqtirib kelgan va u bugungi kunda ham shunday bo‘lib qolmoqda.
Har qanday tushuncha, fikr va qarash ham g‘oya bo‘la olmaydi. Chunki shaxsiy fikr - o‘ziga xos bir qarashdir, ijtimoiy fikr esa - voqelikka nisbatan o‘zgarish yoki harakatni taqozo etadigan faol munosabatni ifodalaydi. G‘oya ana shu munosabatni harakatga, jarayonga, zarurat tug‘ilganda esa, butun bir davr tarixiga aylantiradi.
Dostları ilə paylaş: |