“G’ozlar” o’yini


-3yosh davridagi bolalarning akliy rivojlanishi



Yüklə 337,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix11.06.2023
ölçüsü337,97 Kb.
#128591
1   2   3   4   5   6
ILK BOLALIK DAVRI INQIROZI p

1-3yosh davridagi bolalarning akliy rivojlanishi. 
SHuni aloxida ko‟rsatish joizki 1,6-3 yosh bu nutq rivojlanishi uchun 
senzetiv davr hisoblanadi. Bu davr aqliy rivojlanish asosini idrok va tafakkur 
xarakatlarining yangi ko‟rinishlar tashkil etadi. 1 yoshli bola xali predmetlarni 
ketma-ket, sistemali ravishda ko‟rib chiqa olmaydi. U asosan predmetning 
qandaydir bir ko‟zga tashlanib turadigan belgisiga o‟z eotiborini qaratadi va 
predmetlarni shu belgilariga ko‟ra taniydi. Keyinchalik yangi idrok xarakatlarini 
egallanishi bolaning predmetli xarakatlarini bajarishdan ko‟z bilan chamalab 
xarakat qilishiga o‟tishda namoyon bo‟ladi endi u predmetning bo‟laklarini ushlab 
ko‟rmasdan chamalab idrok eta oladi. 2,5-3 yeshli bola kattalarning bergan 
namunasi rangi shakli va kattaligiga ko‟ra aynan shunday predmetlarni chamalab 
idrok etgan holda to‟g‟ri topa oladi. Bolalar avval shakliga, so‟ngra kattaligiga va 
shundan so‟ngina rangiga qarab ajrata oladilar. Bu jaraenda bola bir hil 
xususiyatga ega bo‟lgan juda ko‟p predmetlar borligini tushuna boshlaydi. Lekin 
bola rasm chizishni boshlaganida predmetlarni rangini eotiborga olmaydi va o‟ziga 
yoqadigan ranglardan foydalanadi. Tadqiqotlarning ko‟rsatishiga 2,5-3 yoshli bola 
5-6 ta shaklni (doira, kvadrat, uchburchak, to‟g‟riburchak, ko‟pburchak) va 8 hil 
rangni (qizil, qovoq sariq, sariq yashil, ko‟k, siexrang, oq, qora) idrok etishi 
mumkin. Rang va shakllarning ishlatilishi jixatidan turli hil narsalarda turlicha 
bo‟lishi sababli bu yeshdagi bolalar ularni idrok etganlari bilan nomlarini aniq 
bilishlari va o‟z nutqlarida ishlata olishlari birmuncha qiyinroq. Kattalarning bu 


yoshdagi bolalardan shu rang va shakllarni eslab qolishini talab etishlari noto‟g‟ri 
bo‟lib, buning uchun mos davr bu 4-5 yesh hisoblanadi. Bu yeshdagi bolalar 
so‟zlardagi barcha tovushlarni idrok eta oladilar. 
Bola 3 yoshigacha o‟zlashtirgan so‟zlar asosan predmet va xarakatlarning 
nomlarini bildiradi. Nomlar asosan uning funktsiyasini anglatib bu predmet yoki 
xarakatning tashqi ko‟rinishi o‟zgarsa ham uning nomi o‟zgarmaydi. SHuning 
uchun ham bola predmetlarning nomlarini ishlatilishini funktsiyalariga bog‟lagan 
holda tez o‟zlashtiradi. 
Ilk bolalik davrining boshlariga kelib bolada birinchi tafakkur operatsiyalari 
yuzaga keladi. Buni biz biron bir predmetni olishga xarakat qila olganidan so‟ng 
esa uni sinchiklab o‟rganishida ko‟rishimiz mumkin. Ularning tafakkurlari asosan 
ko‟rgazmali xarakatli bo‟lib, u atrof olamdagi turli bog‟liklarni o‟rganishga xizmat 
qiladi. O‟zidan uzoqroq turgan koptokni biron bir uzunroq narsa bilan itarib 
yuborish mumkinligini ko‟rgan bola endi mustakil ravishda divan tagiga kirib 
ketgan koptokni kaltak yerdamida olish mumkinligini tafakkur eta oladi. Bu 
davrdagi bolalar tafakkurida umumlashtirish katta o‟rin tutadi. Umumlashtirishda 
nutq asos hisoblanadi. Masalan, soat deyilishi bola qo‟l soati, osma soat
shuningdek budilpnikni ham tushunishi kerak. Lekin ular turlicha bo‟lgani sabab 
ularda umumiylikni topish bola uchun birmuncha qiyinroq hisoblanib, bu borada 
fikrlash yerdamga keladi va umumlashtirishni tashkil etadi, 2-3 yoshli bolalar 
maolum bir predmetlarni o‟rniga ularning o‟rnini bosishi mumkin deb hisoblagan 
boshqa narsalardan ham foydalanadilar. Masalan o‟yin jarayonida bola cho‟pni 
qoshiq yoki termormetr o‟rnida, yog‟ochdan krovat yoki mashina o‟rniga 
foydalanishi mumkin. Bir predmetni boshqasi o‟rnida qo‟llash mumkinligini bilish 
bola atrof olamni bilishi, o‟rganishidagi axamiyatli burilish hisoblanadi va u 
dastlabki tasavvurlarni yuzaga keltiradi. Bu yeshdagi bolalar endi asta-sekinlik 
bilan kattalar aytib berayotgan ertak, voqea, xikoyalarni, shuningdek rasmda 
chizilgan narsalarni tasavvur eta oladilar. Ertak eshitish jarayonida bola ertak 
qaxramonlarini kimgadir o‟xshatishga xarakat qiladi, u o‟zi mustaqil ertak yeki 
xikoyalarni to‟qiy olishi ham mumkin. Ilk bolalik davrida xotira bilishdagi asosiy 


funktsiya hisoblanib, u bilishning barcha ko‟rinishlarini rivojlanishida ishtirok 
etadi. Bu davrda bolaning xotirasi jadal rivojlanadi. Bolaning hayotiy tajribalarni 
o‟zlashtirishida avvalo xarakatli, emotsional va obrazli xotira ishtirok etadi. Bu 
borada xarakatli va emotsional xotira ustunlik qiladi. Xotira bu yoshda asosan 
ixtiyorsiz bo‟ladi. Bu davrdagi bolalarga ko‟p kitob o‟qib berish natijasida ular 
uzun ertak va sheor xikoyalarni eslab qoladilar, lekin bunday eslab qolish bolaning 
umumiy aqliy rivojlanishidan ham, xotirasining individual xususiyatidan ham 
dalolat bermaydi. Bu ilk bolalik davridagi bolalarning barchasiga hos bo‟lgan nerv 
sistemasining umumiy egiluvchanligi natijasidir. O‟zi va atrof hayot xaqidagi 
voqea va xodisalarda ketma-ketlik borligi uchun ham ularni xali to‟liq ravishda 
xotirasida saqlab qola olmaydi. 

Yüklə 337,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin