Fe elementining birikmalari. +2 oksidlanish darajasiga mansub birikmalar: FeO, Fe(OH)2, FeCl2 Aralash birikmalar (+2 va +3) Fe3O4, FeO, Fe2O3. +3 oksidlanish darajasiga mansub birikmalar: Fe2O3, Fe(ON)3, FeCl3. Fe elementining birikmalarini aniqlash uchun ularga xos sifat reaksiyalarni bajariladi.
1-tajriba: 3FeSO4 + 2K3(Fe(CN) 6) → Fe3(Fe(CN)6)2 + 3K2SO4 2-tajriba: 4FeCl3 + 3K4(Fe(CN)6)3) →Fe4(Fe(CN)6)3 + 12KCl 3-tajriba: FeCl3 + 3NH4SCN → Fe(SCN)3 + 3NH4Cl 1-tajribada turbunkul koʻk choʻkmasi hosil boʻladi.
2-tajribada berlin lazuri choʻkmasi hosil boʻladi.
3-tajribada toʻq tusli choʻkma hosil boʻladi.
Fe(II) va Fe(III) ionlaridagi reaksiyalar FeCl3+3NaOH→Fe(OH)3+3NaCl; Fe(OH)3→Fe2O3+3H2O;
4Fe(OH)2+2H2O+O2→4Fe(OH)3; Ishlatilishi. Temir boshqa elementlar orasida inson uchun eng katta ahamiyatga ega metaldir. Zamonaviy texnikaning barcha sohalari temir va uning qotishmalari bilan chambarchas bogʻliq. Amaliyotda toza temirdan kamroq, lekin uning qotishmalari hisoblangan – poʻlat va choʻyandan juda keng miqyosda foydalaniladi. Ularning ahamiyati shu darajada kattaki, ular alohida – qora metallar deb, boshqa metallardan ajralgan. Bu toʻgʻrisida ma’lumotni keyinroq beramiz.