Gravimetriya usulida mutaxassisligiga qarab kalsiy, magniy, temir, alyuminiy va oltingugurt miqdorini aniqlash


Kalsiy ionining miqdorini aniqlash



Yüklə 99,83 Kb.
səhifə2/9
tarix21.12.2023
ölçüsü99,83 Kb.
#188465
1   2   3   4   5   6   7   8   9
GRAVIMETRIYA USULIDA MUTAXASSISLIGIGA QARAB KALSIY (1)

Kalsiy ionining miqdorini aniqlash
Kalsiy moddasi sut va sut mahsulotlari, petrushka, ko’k piyoz, xurmo va quritilgan mevalar tarkibida ko’p uchraydi. Organizmning o’sishi uchun kalsiy moddasi muhim ahamiyatga ega. Unga bo’lgan talab o’sishning birinchi yilida va balog’atga etgan davrda ancha yuqori bo’ladi. O’sayotgan organizm uchun kalsiy va fosforning miqdori meyorida bo’lishi zarur. Qon hosil bo’lishi va qonning ivishida ham kalsiy muhim rol o’ynaydi. Yosh bolalarning suyaklari va asab to’qimalarining o’sish jarayonida organizm kalsiydan foydalanadi. Shuning uchun ham oziqalar tarkibidagi kalsiyning miqdorini aniqlash zarur. Quyidagi tajribada suzma (tvorog) va go’sht tarkibidagi kalsiyning miqdori aniqlanadi. Suzma (tvorog) va go’shtdagi kalsiy (Ca) miqdorini aniqlash uchun ishlatiladigan asbob va materiallar: go’sht, tvorog, 10% li HCl, distillangan suv, ammiak, sirka kislotasi.Suzma (tvorog)dan va go’shtdan 12,5 grammdan olib tigelga solib quritamiz. So’ngra quritadigan shkafda doimiy massa qolguncha quritamiz. So’ng ularni mufel pechida quritamiz. Kul qora rangga kirib ketishi kerak. So’ngra 10 ml 10%li HCl quyib 5 minut suv hammomida qizdirib, 25 ml li kolbaga filtrlaymiz. Filtratni ham yuvish kerak. Yuvish uchun 3ml HClni 1 litr suvda eritish kerak bo’ladi. Keyin ustiga suv quyib 25 ml ga etkaziladi. So’ngra 1ml mineralizatga 4-5 tomchi ammiak tomiziladi. Agar cho’kma tushsa 0,5 ml sirka kislotasini tomchilab quyib eritamiz. So’ngra uni filtrlab olinadi. Filtrlangan 1ml eritmaga shovel kislotasining ammoniyli tuzi (ammoniy oksalat) ni eritmasini tomizamiz. Shunda u oq cho’kmaga tushadi. Bu esa go’sht va tvorogda Ca elementini borligini ko’rsatadi.

Kimyo sanoatining deyarli har qanday ishlab chiqarish siklida ba'zi moddalar ushbu texnologiyada keyingi foydalanish imkoniyatiga ega emas. Ushbu moddalarning miqdori nafaqat ishlab chiqarishdagi ekologik xavfsizlikni belgilaydi, balki korxonaning o'zi va sanoatning iqtisodiy farovonligiga ham sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Turli xil sanoat chiqindilarini joylashtirish va utilizatsiya qilish muammosi hozirgi vaqtda juda dolzarb bo'lib, uni hal qilish har qanday sanoat korxonasi, shu jumladan kimyoviy korxona faoliyatining ustuvor yo'nalishi hisoblanadi. Yuqoridagi muammolar yirik quvvatli sanoat tarmoqlari, shu jumladan soda zavodlari bilan ham bog'liq. Bu kabi sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatida katta miqdordagi qattiq va suyuq chiqindilar hosil bo'lib, atrof-muhitga tashlanadi, bu esa ekologik muammoni keltirib chiqaradi. Oʼzbekistonda soda «Qoʼngʼirot soda zavodi» korxonasida ishlab chiqariladi. Korxona yiliga 100 ming tonna soda ishlab chiqarishga moʼljallangan. Xom ashyo sifatida natriy xlorid va oxaktosh ishlatiladi. Osh tuzi uchun uchun zarur xomashyo korxonadan 21 kilometr uzoqliqda joylashgan “Qaraumbet” tuz konidan avtomashinalarda yetkazib beriladi. Ushbu tuzni qayta ishlash orqali oyiga 148 million so„mlik qo„shimcha mahsulot ishlab chiqariladi. Oxaktosh esa Jamansoy konidan qazib olinadi. Zavod mahsulotlari asosan “Kvars”, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”, “O„zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatlariga, “CAMPALIA XK” ma‟suliyati cheklangan jamiyatiga, “Asl oyna” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga va boshqa korxonalarga uzluksiz yetkazilib beriladi. Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarga nafaqat ichki bozorda, balki chet davlatlarda ham talab ortib bormoqda. Jumladan, mahsulotlar o„tgan yillar mobaynida Qozog„iston, Qirg„iziston, Rossiya, Tojikiston, Afg„oniston va Eron kabi davlatlarga eksport qilingan. Soda ishlab chiqarish - bu yagona texnologik liniyaga birlashtirilgan murakkab kompleks jarayondir. Ammiak usulida soda ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan xom ashyo arzon, keng tarqalgan va oson olinadi. Reaksiyalar atmosferaga yaqin bosimda va past haroratlarda amalga oshiriladi. Usul yaxshi o'rganilgan, texnologik jarayonlar tuzatilgan va barqaror hisoblanadi. Olingan kalsinirlangan soda nisbatan arzon narxda va yuqori sifatga ega


bo‟ladi. Ammo Solve usulining asosiy kamchiligi distiller suyuqligi deb ataladigan ko'p miqdordagi suyuq chiqindilarning hosil bo'lishi hisoblanadi, bu esa boshlang‟ich tabiiy xom ashyodan yetarli darajada samarali foydalanilmaganlikni ko'rsatadi. Distiller suyuqlikni qayta ishlash, utilizatsiya qilish va qayta ishlash texnologiyalarining qo‟llanilishi katta miqdordagi chiqindilar tufayli muammoni qisman hal qiladi. Ammiak usulida soda ishlab chiqarish jarayonida chiqindilarini yo'q qilish muammosi alohida ahamiyatga ega, chunki distillash loylari eng katta chiqindilar hisoblanadi va distillash suyuqligi suv havzalarini ifloslantiradi.


Yüklə 99,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin