Biologik ahamiyati. Temir moddasi ion holida juda koʻplab oʻsimliklar, hayvonlar organizmida uchraydi va fermentlar tizimiga kiradi. U qonda kislorod va karbonat angidridni tashiydigan eritratsitlarning asosini tashkil etadi, oziq moddalarni organizmning barcha qismiga yetkazib beradi, qonni gemoglabin bilan taminlaydi, kamqonlikda dori-darmon sifatida ishlatiladi. Oʻsimliklarda fotosintez jarayonini ta’minlab beradi. Temir moddasi muskul toʻqimalarida 0,0185, ilikda 0,03-3,85, qonda 447mg/l miqdorda boʻladi.
Olinishi. Birikmalaridan elektroliz qilish yoʻli bilan olinadi. FeCl2 → Fe + Cl2
Oltingugurt miqdorini aniqlash
Oltingugurt miqdorini oddiy usul bilan topsa bo‘ladi, ya’ni galenit umumiy massasidan qo‘rg‘oshin miqdorining ayirmasi ham shu qiymatni
beradi: 59,99 - 52,00 = 7,99 kg. Natijalarning bir-biriga mos tushishida (0,5% ga xatolik kuzatildi) xatolik atom massasini ixchamlashtirish oqibatida yuz beradi. Uning atom massasini aniq bilish oqibatida galenit
massasini topamiz 60,04 kg va undagi oltingugurt 8,04 kg ni tashkil etadi.
Xalkopirit miqdorini aniqlaymiz: jami 4 ∙ 184 : 64 = 11,50 kg; Undagi oltingugurt miqdorini formulaga mos ravishda,
4 kg; Temir esa aniqlangan
qiymatlar farqi orqali topiladi 11,50 - 8 = 3,5 kg;
stexiometriya bo‘yicha 4∙56 : 64 = 3,5 kg.
Sfalerit miqdorini va undagi oltingugurt miqdorini topamiz:
12∙97 : 65 = 17,90 kg sfalerit; 12∙32 : 65 = 5,90 kg oltingugurt.
Qolgan temir miqdori 10 – 3,5 = 6,5 kg ga teng.
Qoldiq oltingugurt miqdori 16 - 8,01 - 5,90 - 4 = -1,91 kg.
Qoldiq oltingugurt miqdorini aniqlashdagi olingan qiymat shuni ko‘rsatadiki, ya’ni dastlabki ma’lumotlar aniqmasligini bildiradi. Endi qanday qilib xatolik sabablarini o‘rganamiz. Bizning misolimizdagi oltingugurt yetishmovchiligining uchta sababi mavjud:
1) boyitmaning kimyoviy tarkibi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan (oltingugurt kam);
2) boyitmaning mineralogik tarkibi noto‘g‘ri aniqlangan, bunga misol tariqasida faktik jihatdan kam oltingugurtli xalkozin minerali mavjuddir, bundan tashqari, yuqori oltingugurtli xalkopirit;
3) bulardan tashqari, boyitma tarkibida qo‘rg‘oshin va rux sulfidli emas, balki ularning oksidlari ham mavjuddir. Pirit va oddiy sulfidlardagi temir miqdorini aniqlash uchun quyidagi tenglamani tuzamiz:
X 64 : 56 + (4,5 - X) 32 : 56 = 3,09.
Bu yerda X = 0,75 kg va pirit miqdori 0,75 + 64 : 56 – 0,75=1,61 kg ga
teng bo‘ladi. Oddiy sulfidlardagi temir esa 4,5 – 0,75 + 3,09 – 0,86 = 3,75
+ 2,23 = 5,98 kg
Dostları ilə paylaş: |