Gregarina sp.). Tuzilishi va rivojlanish sikli. Sporalilar (Apicomplexa, Sporozoa) kenja tipi



Yüklə 33,24 Kb.
səhifə2/7
tarix03.03.2022
ölçüsü33,24 Kb.
#53335
1   2   3   4   5   6   7
Gregarina sp.). Tuzilishi va rivojlanish sikli. Sporalilar (Apic

Sporalilar (Sporozoa) — bir hujayralilar kenja dunyosiga mansub hayvonlar tipi. Xivchinlilardan kelib chiqqan. S. turli hayvonlar va odamning hujayra, toʻqima va organlarida parazitlik qilib, ogʻir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Parazit hayot kechirish taʼsirida tana tuzilishi birmuncha soddalashgan. Harakatlanish organoidlari, qisqaruvchi va ovqat xazm qiluvchi vakuollari rivojlanmagan. Hayot sikli spora xrsil qilish bilan tugallanadi; spora qobigʻi parazitni noqulay muhit taʼsiridan himoya qiladi. S. hayot siklida jinssiz, jinsiy va sporogoniya jarayonlari almashinib turadi. Jinssiz koʻpayish hujayraning koʻp marta boʻlinishi (shizogoniya), jinsiy koʻpayish esa koʻpchilik sporalilarda ikki xil tipdagi gametalar (anizogametalar)ning kopulsiyasidan iborat. Faqat fegarinalar bir xil tipdagi gametalar (izogametalar) gʻosil qiladi. Zigotasi, odatda, qalin pust bilan uralgan boʻlib, ootsista deyiladi. Ootsista ichida sporogoniya natijasida sporozoitlar hosil boʻlishi bilan parazitning rivojlanish sikli tugallanadi. S. tipiga 400 dan ortiq tur kiradi. S. tipi fegarinalar va koksidiyasimonlar sinflariga ajratiladi. Ayrim S.ning rivojlanishi bitta xujayinda oʻtadi (koʻpchilik koksidiyalar) va ootsistlari yordamida tarqaladi. Boshqa S.ning rivojlanishi ikkita xoʻjayinda, yaʼni jinssiz koʻpayishi bir xoʻjayinda, gametogenez va sporogoniya davrlari boshqa xoʻjayinda oʻtadi. Bunday S. hayvonlar va odamga alimentar yoʻl bilan (zararlanmagan hayvon zararlangan hayvonni yeyishi) yoki qon soʻruvchi hasharotlar orqali (bezgak parazitining chivin opkali yuqishi) oʻtadi.

Gregarinalar (Gregarinina) — sporalilar tipining sinfi. 500 ga yaqin turi bor. Turli umurtqasiz hayvonlarda, asosan boʻgʻimoyoqlilarda parazitlik qiladi. Uz. 10—15 mkm dan 16 mm gacha. Tanasi choʻziq, chuvalchangsimon; baʼzan dumaloq (tana boʻshligʻida parazitlik qiladigan G.). Koʻpchilik G. tanasining oldingi qismi ichak devoriga yopishadigan organoid-epimerit hosil qiladi. Tanasi pellikula qobiq bilan qoplangan, koʻpincha koʻndalang toʻsiq bilan 2 qismga: oldingi protomerit va keyingi deytomeritga boʻlingan. G. ichak devori yoki tana boʻshligʻida, baʼzan jinsiy bezlarda parazitlik qiladi. Asosan jinsiy yoʻl bilan koʻpayadi. Koʻpchilik G.da boshqa sporalilar uchun xos boʻlgan shizogoniya (jinssiz koʻp marta boʻlinish orqali koʻpayish) kuzatilmaydi.


Yüklə 33,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin