SPORALILAR (SPOROZOA) TIPI
Sporalilar - turli hayvonlar va odam organizmida parazitlik qiluvchi
bir hujayrali organizmlar. Parazit hayot kechirish ta’sirida ularning tana
tuzilishi ham birmuncha soddalashadi. Ularning harakatlanish organoid
lari, qisqaruvchi va ovqat hazm qilish vakuollari rivojlanmagan. Lekin hayot
sikli ancha murakkab b o iib , jinssiz, jinsiy va sporogoniyajarayonlari al-
mashinib turadi. Jinssiz k o ‘payishi hujayraning k o ‘p marta boiinish i
(shizogoniya) dan iborat.
Jinsiy ko'payish ko'pchilik sporalilarda ikki xil tipdagi gametalar
(anizogametalar)ning kopulyatsiyasidan iborat. Faqat gregarinalar bir xil
tipdagi gametalar (izogametalar) hosil qiladi. Zigotasi odatda qalin po'st
bilan o'ralgan bo'lib, oosista deyiladi. Oosista ichida sporogoniya nati
jasida sporozoitlar hosil bo'ladi. Birqancha sporalilarda sporozoitlar ham
qattiq qobiq hosil qiladi. Sporozoidar hosil bo 'Iishi bilan parazitning rivojlan
ish sikli tugallanadi. Sporalilar zigotasining dastlabki bo iinishi meyoz yo 'li
bilan boradi. Bu jihatdan ular foraminiferalar va barcha xivchinlilar sin
gari zigota davrida reduksiyaga uchragan gaploid xromosomali organizmlar
hisoblanadi.
Bu tipga 4000 dan ortiq parazit turlar kiradi. Tip gregarinalar va kok-
sidiyalar sinflariga ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: |