Ko'payishi va hayot sikli.
Jinssiz ko'payish faqat kam sonli arxe-
gregarinalar hamda neogregarinalar turkumlari vakillarida kuzatilgan.
Asosiy ko'pchilik gregarinalar, xususan haqiqiy gregarinalar turkumi
vakillari faqat jinsiy y o 'l bilan ko'payadi. Jinsiy ko'payish quyidagicha
boradi. Tanasi m a’lum bir kattalikka yetgan gregarinalar epimeritini
Gregarinalar.
A - C orycella armata, В - Stylocephalus longicollis, D - Gregarina blattarum,
E - gregarina sporasi: 1 - epimerit, 2 - protomerit, 3 - deytomerit, 4 - kutikula,
5 - yadpo.
yo ‘qotadn; juft-juft bo'lib bir-biriga yopishib, sizigiy hosil qiladi (13 D-
rasm). Sizigiy atrofiga umumiy qobiq (sista) hosil b o iad i. Sizigiydagi har
qaysi gregarinaning yadrosi mustaqil ravishda k o ‘p marta mitoz yo'li bi
lan bo'linadi. Hosil bo'lgan yadro bo'lakchalari sitoplazma cheti bo'ylab
joylashadi. Har qaysi yadrocha atrofiga biroz sitoplazma ajralib chiqishi
natijasida judako'p jinsiy hujayralar (gametalar) hosil bo'ladi. Sitoplazman
ing ishlatilmay qolgan qismi keyinchalik yo'qolib ketadi. Bitta sizigiyning
har xil individlari (gamontlari)da hosil bo'lgan gametalar o'rtasida kopu-
lyatsiya (juftlashish) sodir bo'ladi (juftlashadi). Gregarinalarda kopulyatsiya
bir xil gametalar (izogamiya) yoki har xil kattalikdagi gametalaming
qo'shilishi (anizogamiya) tariqasida sodir bo'lishi mumkin. Qo'shilish
natijasida hosil bo‘lgan zigota qattiq po'stga o ‘ralib oosistaga aylanadi.
Oosista ichida endi jinssiz k o ‘payish sporogoniya sodir boiad i. Oosista
yadrosi ketma-ket boiinib, 8 ta kichik yadroni hosil qiladi. Bunda dastlab
ki ikki bo ‘linish meyoz orqali sodir bo ‘lganidan xromosomalar soni ikki*
baravar kamayadi. Oosista sitoplazmasi ham 8 b o iak ka ajraladi; ulardan!
juda kichik chuvalchangsimon tanachalar-sporozoitlar hosil boiadi. Ana
shunday oosistalar boshqa hayvonlarga yuqishi mumkin.
Yetilgan sistalar hayvonning axlati bilan chiqib ketadi. Bu sistalar boshqa
hayvonlar ichagiga tushganida yorilib, ichidan sporozoitlar chiqadi. Sporo
zoitlar juda harakatchan bo‘lib, ichak hujayralariga kirib olib o ‘sadi. Sporo-
zoit tanasining hujayradan tashqarida qolgan qismi ayniqsa ko'proq
cho‘ziladi. Asta-sekin epimerit, protomerit va deytomerit hosil bo‘lib, yangi
gregarina shakllanadi. Shundan so'ng bu jarayon yana takrorlanadi.
Shunday qilib, gregarinaning rivojlanish siklini uch bosqichga bo ‘lish
mumkin. Birinchi bosqichda gregarinalar voyaga yetadi. Ikkinchi bos-
qichda jinsiy hujayralar hosil bo‘ladi va uruglanish (kopulyatsiya) sodir
boiadi. Uchinchi bosqichda zigota (oosista)lar rivojlanadi va sporozoitlar
hosil bo‘ladi. Gregarinalar faqat umurtqasiz hayvonlarda parazitlik qil-
gani sababli katta iqtisodiy ahamiyatga ega emas.
Dostları ilə paylaş: |