KOKSIDIYASIMONLAR (СОССШЮМОКРНА) SINFI
Koksidiyasimonlar sinfi juda xilma-xil tuzilgan 2400 ga yaqin tumi o ‘z
ichiga oladi. Har xil halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, bo‘g ‘imoyoqlilar
va umurtqali hayvonlarda parazitlik qiladi. Koksidiyasimonlar hujayra ichi
da parazitlik qilishi bilan gregarinalardan farq qiladi. Ko'pchilik turlarin-
ing hayot sikli jinssiz va jinsiy ko'payish hamda sporogoniyaning qonuniy
gallanishi orqali boradi. Xo'jayin almashtirmasdan rivojlanadigan turlari-
da sporogoniya tashqi muhitda boradi. Xo'jayin almashtirib rivojlanadi
gan turlarida esa sporogoniya va jinssiz ko'payish boshqa-boshqa
xo'jayinlar organizmida rivojlanadi. Jinsiy ko'payishi har xil kattalikdagi
gametalaming kopulyatsiyasi (anizogamiya) orqali sodir b o iad i. Makro-
gameta (tuxum hujayrasi) gamontning bo'linmasdan to'g'ridan - to 'g 'ri
o'sishi natijasida, mikrogametalar esa gamont (gametoid)ning k o ‘p mar
ta bolinishi orqali hosil boiadi.
Koksidiyasimonlaming bir qancha turlari uy hayvonlari, parrandalar
va baliqlarga katta ziyon yetkazadi. Ular orasida bitta turi odamda ham
parazitlik qiladi. Quyida koksidiyasimonlaming eng muhim turkumlari va
turlari keltiriladi.
1.
K oksidiyalar (Coccidiida)
tu rk u m i. Koksidiyalar hayvonlam-
ing ichagi, jigari, bo ‘yragi va boshqa organlari epiteliy hujayralari ichida
parazitlik qiladi. Tanasi yumaloq yoki oval shaklida. Jinssiz va jinsiy
k o ‘payishi doimo to ‘g ‘ri gallanib turadi. Jinssiz ko'payishi k o ‘p marta
bo‘linish (shizogoniya) yoki endodiogeniya
deb ataladigan ikkigabo‘linish
orqali sodir bo'ladi. Koksidiyalaming hayot sikli xilma-xil bo Tib, ayrim
turlari faqat bitta xo'jayinda parazitlik qiladi, sporogoniya davri batamom
yoki qisman tashqi muhitda o'tadi. Xo'jayin almashtirib rivojlanadigan
koksidiyalaming jinssiz k o ‘payishi bitta x o ‘jayinda, jinsiy ko'payishi va
sporogoniyasi boshqa bir xo‘jayinda sodir bo'ladi. Quyida Eimeria, Toxo
plasma va Sarcocystia urug'lariga mansub bo'lgan koksidiyalaming hay
ot siklini ko'rib chiqamiz.
Eymeriya (Eimeria) koksidiyalari.
Eymeriya urug'ining juda k o'p
turlari har xil umurtqali hayvonlar, quyon, echki, q o'y va yirik shoxli mol-
lar, uy parrandalarida parazitlik qiladi. Hayvonlar koksidiyalaming oosis-
talarini suv yoki yem orqali yuqtiradi. Oosistalar juda kichik bo'ladi. Quy-
onlarda parazitlik qiladigan eymeriya oosistalari uzunligi 12 mkm dan 35
mkm ga yetadi. Har bir oosistada 4 tadan sporoblast (sporosista) bor.
Har qaysi sporosista ichida esa 2 tadan ingichka chuvalchangsimon har
akatchan sporozoitlar bo'ladi. Oziq yoki suv bilan ichakka tushgan oosis-
talar va sporosista!ar qobig'i yemirilib, sporozoitlar ichak bo 'shlig 'iga chiqa
di.
Xulosa
Sporozoitlar faol harakatlanib, ichak, jigar, oshqozonosti bezi hujayralari-
ga kirib oladi va oziqlanib o'suvchi stadiya - trofozoitlarga aylanadi. Tro-
fozoitlar tez o'sib yiriklashadi. Ulaming yadrosi k o 'p marta ketma-ket
bo'linib, ko'p yadroli shizontlami hosil qiladi. Shundan so'ng shizontlar
bo'linib, ko'p sonli (32 ta gacha) merozoitlamihosil qiladi (14-rasm). K o'p
marta bo 'linish orqali jinssiz ko 'payish shizogoniya deyiladi. Shizogoniya
natijasida hosil bo'lgan merozoitlar ichak bo'shlig'iga chiqib, qo'shni hu-
jayralarga kirib oladi va jinssiz ko'payish yana takrorlanadi. Shizogoniya
natijasida parazitlaming soni keskin ko'payib ketadi. Jinssiz ko'payish 4-
5 marta takrorlangandan so'ng merozoitlardan jinsiy hujayralar (gameta-
lar) hosil bo'laboshlaydi. Bu quyidagicha sodir bo'ladi. Hujayralarga kir
ib olgan,merozoidar jinsiy hujayralar (gametalar)ni hosil qiluvchi gamont-
larga aylanadi. Gamontlardan bir qismi (makrogamontlar) bo'linmasdan
o'sib yetiladi va makrogameta (tuxum)ni hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |