2. Gruntning deformatsiya modulini
zichlanish ko`rsatkichlari bo`yicha aniqlash
Gruntni odometrda sinash natijalari bo`yicha shuningdek, uning deformatsiya modulini ham aniqlash mumkin. Umumlashgan Guk qonuniga ko`ra, namunaning vertikal yo`nalishdagi nisbiy deformatsiyalanishi (hajmiy siqilish holati uchun):
ez = p / E - m ( px + py ) / E . (7)
(6)-ifodaga ko`ra, nisbiy deformatsiyalanish:
ez = mv p . (8)
Odometrdagi grunt yonboshga deformatsiyalanmaydi (ex = ey = 0), shuningdek px = py. Ushbu holda:
px = py = m p / ( 1-m ) . (9)
px ning bu qiymatini (7)-ifodaga qo`ysak:
ez = mvp = p (1 - 2m2 / (1 - m) ) / E . (10)
(10)-ifodadan gruntning deformatsiya moduli:
E = b / mv (11)
bu yerda b - gruntning yonboshga kengayish (Puasson) koeffitsienti m ga bog`liq bo`lgan o`lchovsiz parametr:
b= (1 - 2m2/(1 - m) .
«b» parametrning qiymatlarini har xil gruntlar uchun quyidagicha qabul qilish mumkin: yirik bo`lakli gruntlar uchun b = 0,8; qumlar va qumok tuproqlar uchun b = 0,74; sog` tuproqlar uchun b = 0,62; gil tuproqlar uchun b = 0,43.
3. Gruntlarning suv o`tkazuvchanligi
Gruntlarning suv o`tkazuvchanligi ularning tuzilishiga, g`ovaklarining miqdori, o`lchami va shakliga, hamda grunt tarkibidagi suvning turi va holatiga bog`liqdir. Suv o`tkazuvchanlikni o`rganishda filtratsiya va migratsiya xodisalarini bir-biridan farqlash lozim.
Suvning grunt tanasi bo`ylab mexanik ta`sirlar (tashqi bosim yoki o`zining xususiy og`irligi) natijasida harakatlanishiga filtratsiya, fizikaviy-kimyoviy tabiatga ega bo`lgan omillar (elektromolekulyar tortishish kuchlari, osmotik bosim va h.k.) sababli suv molekulalarining siljishiga migratsiya deyiladi. Gruntlar mexanikasida asosan filtratsiya hodisasi o`rganiladi.
Gruntlar o`zlarining tuzilishiga bog`liq holda suvni g`ovaklari (sochiluvchan va gilli gruntlarda) yoki yoriqlari (qoya gruntlarda) orqali o`tkazishi mumkin. Meliorativ qurilish uchun sochiluvchan va gilli gruntlarning suv o`tkazuvchanlik qonuniyatlarini bilish muhimroqdir. Shu sababli, bundan keyin faqat ushbu gruntlarning xususiyatlari haqida so`z yuritiladi.
Tajribalarning ko`rsatishicha, filtratsiya xodisasida asosan gravitatsion erkin suv qatnashadi va bunda, uning harakatlanishi laminar filtratsiya qonuniga bo`ysunadi. Sochiluvchan gruntlar uchun ushbu qonunning matematik ifodasi, 1885 yilda frantsuz olimi Darsi tomonidan quyidagi ko`rinishda taklif etilgan:
vф = кф i , (12)
bu yerda vф – filtratsiya tezligi; кф – filtratsiya koeffitsienti; i – gidravlik gradient.
(12)-bog`lanishning grafik ko`rinishi 4-rasmdagi 1–chiziq bilan tasvirlangan.
Filtratsiya yo`lida suv bosimining yo`qotilishini tavsiflovchi gidravlik gradient quyidagi nisbat bo`yicha aniqlanadi:
i = D H/L , (13)
bunda D H = H2 - H1 – naporlarning farqi; L – filtratsiya yo`lining uzunligi.
3 – rasm. Filtratsiya koeffitsien- 4 – rasm. Filtratsiya bog`lanishi:
tini aniqlovchi qurilma sxemasi 1 – qumlarda; 2 – gilli gruntlarda
Darsi formulasidan filtratsiya koeffitsienti: кф = vф / i - ya`ni uning miqdori gidravlik gradient birga teng bo`lgandagi filtratsiya tezligiga teng. Filtratsiya koeffitsienti odatda m/sutka yoki sm/s larda baholanadi. Uning qiymati har xil gruntlar uchun katta oraliqlarda o`zgaruvchan bo`lib, qumlar uchun r10-1... r10-4 sm/s; qumoq tuproqlar uchun r10-3... r10-6 sm/s; sog` tuproqlar uchun r10-5... r10-8 sm/s; gil tuproq uchun r10-7... r 10-10 sm/s (bunda r – 1 dan 10 gacha bo`lgan va tajriba asosida o`rnatiladigan son).
Dala sharoitida, filtratsiya koeffitsientini maxsus qazilgan chuqurchalardan suv o`tkazish yo`li bilan aniqlash mumkin. Laboratoriya (tajriba) ustaxonalarida esa bu koeffitsient Darsi qurilmasi, Tim asbobi, Kamenskiy quvurchasi, Dolmatov asbobi, Znamenskiy tomonidan taklif etilgan KFZ asbobi va boshqalar yordamida o`rganiladi. 3-rasmda filtratsiya koeffitsientini aniqlashda ishlatiladigan eng oddiy qurilmalardan birining sxemasi ko`rsatilgan.
Tajribalarda grunt namunasidan sizib o`tadigan suvning tezligi, gidravlika va fizikadan ma`lum bo`lgan quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
vф = V/(A t) , (14)
bu yerda V – sizib o`tgan suv hajmi; A – grunt namunasining filtratsiya yo`nalishiga tik bo`lgan ko`ndalang kesim yuzasi; t –sizish vaqti.
(12)– va (14)–ifodalarni taqqoslashdan, filtratsiya koeffitsientini aniqlashning tajribalarda keng qo`llaniladigan quyidagi bog`lanishi kelib chiqadi:
кф = V / (A t i) . (15)
S.A.Roza, B.F.Reltov , E.M.Dibrov va boshqalarning mayda g`ovakli va tuzilishi zich bo`lgan gilli gruntlar bilan o`tkazgan tajribalari, Darsi qonuniga biroz o`zgartirish kiritish lozimligini ko`rsatdi. Bunday gruntlarda suv harakati, ma`lum bir boshlangich gradient i0 ni yengib o`tgandan so`ng boshlanar ekan. 4-rasmning 2-chizig`i bilan tasvirlangan ushbu bog`lanishning VS oralig`ida, filtratsiya tezligi tekis harakat qonuniyatiga buysunadi. Shu sababli, zich gilli gruntlarning filtratsiya koeffitsientini aniqlash ifodasi:
кф = vф/(i - i0) = V/(A t (i - i0)) . (16)
Boshlang`ich gradient kuzatiladigan gruntlardagi filtratsiya jarayonida, erkin suvdan tashqari, g`ovak bog`langan suv ham qatnashishi mumkin.
Filtratsiya jarayonida grunt g`ovaklari bo`ylab harakatlanayotgan suv har xil maxalliy qarshiliklarni yengib o`tadi. Bunda suvning xuddi har xil diametrli quvurlar tizimidan okib o`tishidagi singari, filtratsiya yo`li uzunligining oshib borishi bilan, suv sarfi va mos ravishda gidravlik gradient qiymatlari kamayib boradi. Ushbu xodisani ilk bor o`rgangan N.Ye.Jukovskiy suv tomonidan grunt qattiq zarrachalariga ko`rsatiladigan gidrodinamik bosim maxalliy qarshiliklar yig`indisiga teng ekanligini isbotlab berdi. Gidrodinamik bosim quyidagi ifoda bo`yicha aniqlanadi:
pw = gw i , (17)
bu yerda gw - suvning solishtirma og`irligi.
Suvning solishtirma og`irligi o`zgarmas qiymat bo`lgani uchun, (17)-ifodadan, gidrodinamik bosim bevosita gidravlik gradientga bog`liq ekanligi ko`rinib turibdi. Agar suv oqmayotgan bo`lsa (i = 0), gidrodinamik bosim nolga teng bo`ladi.
Gidrodinamik bosim miqdori grunt zarrachalari orasidagi bog`lanish kuchlaridan katta bo`lsa, zarrachalarning suv bilan asta-sekin siljishi (suffoziya) yoki filtratsion yuvilish sodir bo`ladi.
Gruntlarning suffoziyaga va filtratsion yuvilishga ustivorligini kritik gidravlik gradient (icr) va filtratsiyaning kritik tezligi (vф,,сr) orqali baholash mumkin. Ularning qiymatlari amaldagi qurilish me`yorlari va qoidalarida (QMQ da) keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |