TEST TOPSHIRIQLARI
1. Ayyor tulki jazolanadigan ertakni toping.
“Boyqush”
“Tulki bilan qo‘zi”
“Hiylagar bedana”
“Bo‘ri bilan tulki”
2. Sehrli ertaklarda “Oynani olib orqasiga tashlabdi” deyilganidan so‘ng nima paydo bo‘ladi?
Daryo
Buloq
Dengiz
Ko‘l
3. Ertaklarda “qattiqdan qattiq nima qattiq?” degan savolning javobini toping
Qattiqdan qattiq – otning tuyog‘i qattiq
Qattiqdan qattiq - hayot tashvishi qattiq
Qattiqdan qattiq – kundoshli yostiq qattiq
Tegirmon toshi
4. Javoblarning qaysi birida sehrli ertaklarning ta'rifi to‘g‘ri berilgan?
Uydirmalar asosiga qurilgan, qahramonlarning xatti-harakatlari sehr, jodu, mo‘jiza, xayoliy obrazlar bilan bog‘langan asarlar
Axloqiy norma hamda odob haqida yuzaga kelgan fikrlarni izohlovchi, ta'limiy xarakterdagi majoziy hikoyat
Hayvonlar personajlaridagi insoniy harakat va munosabatlar aks etgan asarlar
Hayotiy voqyealarni hayotiy uydirmalar vositasida aks ettiruvchi og‘zaki ijod janrlaridan biri
5. Javoblarning qaysi birida maishiy ertaklar keltirilgan?
«Davlatli kelin», «Tohir va Zuhra», «Vafodorlik»
«Mehrigiyo», «Oltin tarvuz», «Tilla baliq»
«Semurg‘», «Ilon pari», «Kenja botir»
«Pahlavon Rustam», «Qilich botir», «Olmos botir»
6. Alisher Navoiy asarlaridagi “cho‘pchak” qanday ma’noni ifodalaydi?
Afsona, ertak va masal
Ertak, qo‘shiq va rivoyat
Naql, maqol
Maqol, hikmatli so‘z
Dostları ilə paylaş: |