Ma’ruza mashg’ulotlari mazmuni 1-mavzu: Mustaqillik davrida “O’zbek xalq og’zaki ijodi”ni o’rganishning etakchi masalalari. Folklor ma’naviy tarbiyaning poydevori. Xalq og’zaki ijodi so’z san’ati sifatida. Mif va uning badiiy talqinlari. Afsona, rivoyat, naqllarning badiiyati Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlarida ma'naviyat va folklor haqidagi fikrlariga tayanilib, mavzular ko‘lami ochiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi” farmoni mavzu bilan bog‘lab sharhlanadi. Folklorning so‘z san'atiga aloqasi va san'at inson tafakkur salohiyatining natijasi ekanligi o‘rganiladi. Mahorat va fikriy kashfiyot san'atning muhim belgilaridan biri xususida so‘z boradi. Xalq og‘zaki ijodi namunalari mahorat, aqliy (fikriy) kashfiyot namunalarining badiiy ifodasi sifatida tahlil qilinadi.
2-mavzu: Mavsumiy va Oilaviy marosim folklori namunalari va ularning badiiyati. Mavsumiy marosim folklorida so‘z magiyasining badiiy estetik sathga o‘tishi va boshqa masalalar yoritiladi. Xalqona taqvimlar, Navro‘z, shohmoylar, sust xotin, choy momo, loy tutish kabi marosimlarning verbal tizimi tahlil etiladi. Oilaviy marosim janrlari yor-yor, kelin salom, o‘lan va boshqa namunalraning badiiyati, ma'no qatlamlari ko‘rsatiladi. Ushbu marosim janrlarining obrazlar tizimi, she'riy tuzilishi ohang yo‘llari tahlil etiladi, o‘ziga xos jihatlari yoritiladi.
3- mavzu: Xalq dostonlari va ularning o’ziga xos xususiyatlari Doston janri haqida ma'lumot. Doston - xalq og‘zaki ijodining sinkretik janri sifatida. Dostonda badiiy matn (nazm va nasr) va musiqaning o‘rni. Xalq baxshilari, dostonchilik maktablari haqida ma'lumot. Xalq dostonlarining ijro an'anasiga ko‘ra (Samarqand, Xorazm, Farg‘ona) turlari. Dostonlarning tasnifi (qahramonlik, romanik, tarixiy, kitobiy, jangnoma dostonlari) haqida ma'lumot. Xalq dostonlarida turkumlik.