Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Amaliy mashg‘ulotlardan talabalarning folklor asarlarni o‘qish, tahlil qilish bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilishi va erishilgan natijalarni kelgusi faoliyatlarida qo‘llay bilishi nazarda tutiladi. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda, asosan, birlamchi nazariy manbalar bo‘yicha savol-javoblar uyushtiriladi. Savol-javoblar jarayonida mavzularning umumiy xususiyatlari haqida xulosa qilinadi.
Amaliy mashg‘ulot uchun tavsiya etilgan mavzular:
1. Xalq og’zaki ijodining o’ziga xos xususiyatlari, versiya va variantlarning farqli jihatlari Og’zaki va yozma ijod farqi haqida ma’lumot. Folklor atamasining izohi. Epik, dramatik, lirik, maxsus turlarga oid janrlar haqida. Versiya va variantlarning farqli jihatlari.
2. Mif,afsona,rivoyatlar va ularning badiiyati Mif tushunchasi izohlanib, uning xalq og’zaki ijodi asarlari tarkibiga badiiy estetik holatda o’tish jarayoni o’rlaniladi. Mifologik tafakkurning badiiy estetik tafakkurga o’tish bosqichlari afsona, rivoyat,naql,epos,ertak,qo’shiq misolida ochib beriladi. Afsona,rivoyat,naql atamalari haqida, ularning umumiy va o’ziga xosjihatlari haqida ma’lumot beriladi.Afsona va ravoyatlar tasnifi. Osmon yoritgichlari,tog’,daraxt,suv,olov va hayvonlar bilan bog’liq afsona va rivoyatlar tahlil etiladi.To’maris va Shiroq rivoyatlari asosida Vatan mavzusi yoritiladi.
3. Mavsumiy marosim folklori namunalari badiiyati va ularning tahlili Mavsumiy marosim folklorida so’z magiyasining badiiy estetik sathga o’tishi va boshqa masalalar yoritiladi.Xalqona taqvimlar,Navro’z,shoxmoylar,Sust xotin, Choy momo,loy tutish kabi marosimlarning verbal tizimi tahlil etiladi. Oilaviy marosim janrlari yor-yor,kelin salom, o’lan va boshqa namunalarning badiiyati, ma’no qatlamlari ko’rsatiladi.Ushbu marosim janrlarining obrazlar tizimi,she’riy tuzilishi,ohang yo’llari tahlil etiladi,o’ziga xos jihatlari yoritiladi.