Eshonqulov J. Epik tafakkur tadriji. Toshkent, “Fan” 2006. B-128
Eshonqul Jabbor. O‘zbek folklorida tush va uning badiiy talqini.
–Toshkent: Fan, 2011. – 304 b.
GLOSSARIY
Doston – 1) turkiy xalqlar og‘zaki ijodidagi epik janr. Xalq og‘zaki ijodidagi D.lar voqeaband syujet asosiga qurilgan yirik hajmli asarlar bo‘lib, ular baxshi (oqin, jirov, manaschi)lar tomonidan musiqa (do‘mbira, qo‘biz va b.) jo‘rligida ijro qilingan, og‘izdan-og‘izga o‘tib bizgacha yetib kelgan. Bu jarayonda har bir ijrochi o‘zidan nimadir qo‘shgan, nimanidir tushirib qoldirgan va shu tariqa D.lar sayqallanib borgan. Xalq ijodidagi D.ning matniy qurilishi ijroga mos – unda nasriy va she'riy parchalar almashinib turadi: rivoya asosan nasrda amalga oshirilsa, qahramonlar orasidagi eng muhim dialoglar, ularning ruhiy holatlari, ta'rifu tavsiflar, ijrochi munosabati va sh.k. ko‘proq she'riy yo‘lda beriladi;
Motiv (lot. moveo – harakatlantiraman) – musiqashunoslikdan o‘zlashtirilgan termin. M. musiqada asarning eng kichik shakl birligi sanalib, asar uning aynan takrorlanishi (shuningdek, o‘zgartirilishi yoki zid M.lar kiritish) asosida rivojlanadi.