Guliston davlat pedagogika instituti


-mavzu: Qahramonlik dostonlari



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə36/96
tarix16.12.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#182390
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   96
OZB FOLK UMK yangi

5-mavzu: Qahramonlik dostonlari
1. Qahramonlik dostonlarining belgilari.
2. Alplik tizimi qahramonlik dastonlari uchun mezon.
3. “Alpomish” qahramonlik dostonining mumtoz namunasi.
4. Qahramonlik dostonida etnos va epos muamosi.


1. Qahramonlik dostonlarining belgilari.
Qaxramonlik dostonlari baxshilar repertuarida muxim o‘rin tutadi. Qahramonlik dostonlari voqyeligini olimlar urug‘chilik munosabatla­ri, ko‘chmanchilik va yarim ko‘chmanchilik xayoti bilan bog‘lakb talqin etishadi. Bunday dostonlar bir qator urug‘ va qabilalarning muayyan xalq sifatida tashkil topa borishi, ilk davlatchilik kurtaklarining paydo bo‘lishi va shu munosabat bi­lan xalq va elatlarning o‘z mustaqilliklari uchun chet el bosqinchilarnga qarshi mardonavor kurashlari qahramonlik dostonlari uchun boy material bo‘ldi. Mana shu kurashlar, tarkib topishlar, birlashishlar va joylashishlar jarayonida o‘z-o‘zini anglashning buyuk ifodasi sifatida qahramonlik eposi yuzaga keldi. Zotan, qadimiy qahramonlik eposi «xalqning faqat go‘daklik davrlarida..., uning kuch-qudrati va toza faoliyati faqat qahramonlik g‘alabalarida ko‘ringan zamonlardagina paydo bo‘lishi mumkin»18.
Demak, epik mazmunning qahramonlik xarakteriga ega bo‘lishi qahramonlik dostonlarining bosh xususiyatidir19. Ana shu xususiyat uning butun mohiyati va asosiy yo‘nalishini belgilab, o‘ziga xos tasvir metodini tayin etadi. Ushbu xususiyatlarni «Alpomish» dos­tonida to‘la ravishda ko‘rish mumkin.
Ko‘chmanchi qo‘ng‘irot qabilasida patriarxal-urug‘chilpk munosabatlari yemirila boshlagan zamonlarda yaratilgan bu monumental asar o‘zbeklar o‘rtasida ikki versiya va kuplab variantlarda juda keng tarqalgan. Bu paytgacha dostonning yigirma sakkiz varianti o‘ttiz uch marta (to‘la teksti, parcha, mazmuni) yozib olindi20. Epos turkiy xalqlar o‘rtasida juda keng tarqalgan. Uning o‘zbek21, qozoq 22, qoraqalpoq23 versiyalari epik poema holida, tojik24, uyrot25, tatar26, boshqird27, O‘rta Osiyo arablari28 versiyalari ertak va rivoyatlar tarzida mashhurdir. O‘rta asr o‘g‘iz eposining muhim yodgorligi «Kitobi Dada Qo‘rqut» tarkibidagi «Bomsi Bayrak» asari o‘zining syuje­ti va kompozitsion qurilishi jihatidan «Alpomish» dostoniga juda ham yaqin turadi29. Turkiy xalqlarning «o‘rtoq bir dos­toni» (Hamid Olimjon) bo‘lgan «Alpomish»ning bunchalik keng tarqalishi shu xalqlarning bir xil ijtimoiy-tarixiy sharoitda hayot kechirganliklari, o‘zaro yaqin madaniy munosabatda bo‘lganliklari, yaratish va ijodda hamkor, hamfikr ekanliklarinn ko‘rsatadi. Ammo «Alpomish»ning yaratuvchisi bo‘lgan har bir xalq unda o‘z tarixini, etnik va an'anaviy xususiyatlarini, ozodlik va tenglik haqidagi o‘z ideallarini aks ettiradi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin