Guliston davlat universiteti a. J. Bekmurodov


O‘yin taktikasida quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi



Yüklə 5,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/74
tarix02.09.2023
ölçüsü5,43 Mb.
#141300
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74
Sport va harakatli oyinlarni oqitish metodikasi ўқув қўлланма (1)

O‘yin taktikasida quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: 
Birinchi temp atamasi hujum kombinatsiyasini birinchi bo‗lib boshlaydigan 
o‗yinchiga tegishli bo‗lib, u deyarli «past» va tez uzatiladigan to‗p bilan hujum 
uyushtiradi. 
Hujumchilarni «temp bo‗yicha» ajratish shartli asosda qabul qilingan, shuning 
uchun hujumchilardan barcha hujum usullarini va taktik kombinatsiyalarni amalga 
oshirish talab etiladi. 
Bog‗lovchi o‗yinchi o‗yinning borishini to‗g‗ri baholay olishi va turlicha 
bo‗lgan o‗yin vaziyatlaridan hujumni samarali tashkil eta olishi lozim. Shu sababli bu 
funksiyani bajarishga o‗yinni nozik jihatlarigacha tushunadigan, jamoaning fikrini 
tezda anglab, o‗yin mohiyatiga mos kombinatsiyalarni tashkil eta oladigan, keng 
fikrli, vazmin o‗yinchilar tanlanadi. 
O‗yinni samarali tashkil etishda jamoa imkoniyatlaridan kelib chiqib, uni 
quyidagi tamoyilda tashkil etish mumkin: 4+2 (to‗rtta hujumchi va ikkita bog‗lovchi 
o‗yinchilar) va 5+1 (beshta hujumchi va bitta bog‗lovchi o‗yinchi). Oxirgi variant 
hozirgi zamon voleybolida juda keng qo‗llaniladi. 
Taktikaning yakka guruh va jamoa shakllari mavjud. Taktikaning usullari 
o‗yin tizimlaridan va kombinatsiyalardan iborat. Taktikaning vositalariga esa o‗yin 
malaka (priyom)lari va ularni barcha turlari kiradi. 


[43] 
Muayyan musobaqalarga mo‗ljallangan taktik yo‗nalish, taktik shakl, usul va 
vositalar oldindan rejalashtirilgan strategik dasturga bo‗ysinishi lozim. Barcha taktik 
harakatlar taktik bilimlar, fikrlash, vaziyatni to‗g‗ri baholash, maqsadga muvofiq 
qaror qabul qilish, jismoniy qobiliyat, texnik mahorat va iroda imkoniyatlariga 
asoslanishi kerak. 
Taktik harakat kibernetika nuqtayi nazaridan murakkab vaziyatda eng 
samarali qarorni topish va unga munosib harakat qilish bilan bog‗liq bo‗lgan o‗z-
o‗zini sozlab boshqaruvchi faoliyatni anglatadi. 
Taktik harakat MNSning afferent – efferent nerv retseptorlari, tolalari 
ishtirokida tashqi muhit ta‘sirotlarini qabul qilish, xotirada saqlash, tahlil qilish, 
vaziyatga munosib ravishda qayta ishlab, motivizatsiyani qoniqtiruvchi qarorga kelish 
kabi faoliyatlar bilan bog‗liq bo‗lgan psixofiziologik jarayondan iboratdir. 
Taktik harakatning samarali bo‗lishida bosh miya yarim sharlarit vaziyatini 
oldindan bilish (aks ettirish) qobiliyati alohida o‗rin egallaydi. Mazkur qobiliyat 
musobaqa vaziyatlariga nisbatan to‗g‗ri qarorga kelish va maqsadga muvofiq taktik 
harakat qilish samarasini oshirishga imkon yaratadi. Albatta, bunday qobiliyatni 
takomillashuvi sportchini o‗yin tajribasiga bog‗liq bo‗ladi. Shuning uchun o‗quv-
mashg‗ulotlar jarayonida hali ro‗y bermagan vaziyatni oldindan fahmlash, unga xos 
qarorni tayyorlash va taxminiy harakat rejasini xotirada aks ettirish qobiliyatlarini 
rivojlantirishga oid mashqlarni tanlash va ulardan unumli foydalanish juda katta 
ahamiyatga ega. Yuqori darajada takomillashgan mazkur qobiliyat taktik va strategik 
rejani amalga oshirishda muhim poydevor bo‗lib hisoblanadi. 
Oldindan fahmlash va vaziyatga munosib harakat qilish qobiliyatini 
rivojlantirishga oid mashqlar qo‗llashda 3 ta jarayondan iborat faoliyatni bajarish 
zarur bo‗ladi. 
O‗yin taktikasi ikki qismdan: hujum va himoya taktikasidan iborat bo‗lib, 
individual, guruhli va jamoa taktik harakatlari asosida amalga oshiriladi. O‗yin 
taktikasining tasnifi 4-andozada aks ettirilgan. 

Yüklə 5,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin