Guliston davlat universiteti a. J. Bekmurodov



Yüklə 5,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/74
tarix02.09.2023
ölçüsü5,43 Mb.
#141300
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74
Sport va harakatli oyinlarni oqitish metodikasi ўқув қўлланма (1)

Dastlabki holatlar
. Dastlabki holatlar u yoki bu texnik usullarni bajarishga 
tayyorgarlik fazasini belgilaydi. Dastlabki holatlarni egallashning bajarilishi 
kutilayotgan harakatni bajarish uchun qulay sharoitni va harakatlanishni ta‘minlashi 
darkor. Texnik usulning bajarilishidan qat‘iy nazar, dastlabki holatlar birmuncha 
statikligi bilan farqlanadi: to‗pni uzatishdan oldin , pastdan to‗pni qabul qilishda, 
to‗siq qo‗yishda va hujum zarbasini berishda .
3
2 -rasm 3 -rasm 
3
Ayrapetyants L.R., Pulatov A.A. Voleybol nazariyasi va uslubiyati. // Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. T.: Fan va texnologiya. 
2012


[32] 
4 -rasm 
 
 
 
1.4.To„p uzatish 
Bu texnik usul orqali hujumni tashkil qilish va amalga oshirish uchun qulay 
sharoit yuzaga keltiriladi. To‗pni: tayanch holatdan ikki qo‗llab, sakrab ikki qo‗llab, 
sakrab bir qo‗llab, orqaga yiqilib turib ikki qo‗llab uzatish mumkin. Oxirgi usuldan 
voleybolda kamdan-kam, keskin holat yuzaga kelganda foydalaniladi. 
Yo‗nalishi bo‗yicha to‗p uzatishlar (to‗p uzatuvchiga nisbatan) quyidagicha 
bo‗ladi: oldinga, o‗z ustiga, orqaga. 
Uzunligi bo‗yicha: uzun – zonalar osha; qisqa – zonadan zonaga; 
qisqartirilgan – zona doirasida. 
Balandligi bo‗yicha: baland – 2 m dan yuqori, o‗rtacha – 2 m gacha, past – 1 
m gacha. Yuqoridagi ko‗rsatkichlarga bog‗liq holda to‗pga sekin, tez va katta 


[33] 
tezlanish beriladi. To‗pni to‗rga yaqin – 0,5 m gacha va uzoq – 0,5 m dan ortiq 
masofada berish mumkin. 
To‗pni uzatish texnikasi dastlabki holat, qo‗lning to‗pga qarama-qarshi 
harakati, amortizatsiya va to‗pni yo‗naltirishdan iborat bo‗ladi. Dastlabki holatdan 
to‗p tomon harakatlangandan so‗ng voleybolchi vertikal holatda, oyoqlarining 
buqilish darajasi to‗p yo‗nalishining balandligiga va uchish tezligiga bog‗liq holda, 
oyoq kaftlari parallel yoki bir oyoq (asosiy qo‗lga nisbatan qarama-qarshi) bir oz 
oldinda bo‗ladi. Qo‗llar oldinga chiqariladi, barmoqlar oval shaklini hosil qilgan 
bo‗ladi. 
5-rasm 
6-rasm 


[34] 
Qo‗llar to‗p bilan yuz tepasida to‗qnashadi. Bunda bosh barmoq asosiy 
nagruzkani qabul qiladi, ko‗rsatkich barmoqlar esa zarba berishda asosiy bo‗ladi. 
O‗rta barmoq kamroq ravishda, nomsiz va jimjiloq asosan to‗pni yon tomondan 
ushlab turishga xizmat qiladi. To‗pga yo‗nalish berishda qo‗l, oyoq va gavda 
mushaklarini kuchlanishi o‗zaro birgalikdagi yaxlitlik bilan izohlanadi. Bunda 
gavdaning UOM birmuncha yuqoriga–oldinga ko‗chadi va gavdaning og‗irligi ikki 
oyoqning uchiga tushadi. Qo‗llar to‗pni uzatish oxirida to‗liq to‗g‗rilangan holatda 
bo‗ladi. 
Murakkab hujum kombinatsiyalarini tashkil qilishda, to‗p baland berilganda 
yoki to‗pning uchish vaqtini kamaytirish maqsadida sakrab to‗p uzatish usulidan 
foydalaniladi. Bu holatda qo‗llar bosh ustidan birmuncha baland ko‗tariladi va 
qo‗llarning faol ishlashi hisobiga sakrashning yuqori nuqtasidan to‗p uzatiladi. Xuddi 
shu holatda qisqa to‗p uzatishda asosiy harakat qo‗l barmoqlarining faol ishlashi 
hisobiga amalga oshiriladi
4
7-rasm 
To‗pni orqa tomonga (mo‗ljalga orqa tomon bilan turganda) uzatishda 
o‗yinchi to‗pning tagiga kirib boradi. Bunda qo‗lning orqa kaft qismi bosh 
3
B.Nigmonov, F.Xo‘jayev, K.Raximqulov. ―Sport o‘yinlari‖ kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. – T.: «Ilm ziyo».2007 y


[35] 
orqasigacha ko‗tariladi. To‗p uzatish qo‗llarni tirsak qismida bukib-yozish hisobiga 
bajariladi, 
gavda 
orqaga-yuqoriga 
harakatlanadi, 
bunda 
harakat 
umurtqa 
pog‗onasining ko‗krak va bel qismlarining buqilishi hisobiga bo‗ladi. Sakrab orqaga 
to‗p uzatish xuddi tayanch holatda orqaga to‗p uzatish kabi bajariladi. To‗p 
uzatishning eng murakkab usuli bu sakrab bir qo‗l bilan to‗p uzatishdir. Bu usul to‗p 
to‗r ustiga kelib qolgandagi murakkab sharoitda bajariladi. Bu holda qo‗l tirsaklarda 
buqilib, oldinga chiqariladi. Kaftlar oldinga qaratiladi, barmoqlar buqilib, tarang holga 
keltiriladi. To‗p uzatish tirsak bo‗g‗inining bukib-yozilishi hisobiga bajariladi. 
8-rasm 

Yüklə 5,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin