[58]
oshiriladi; kiritilayotgan to‘p to‘rdan 7-8m. uzoqlikda qabul qilinadi. Bu
mashqlarni bajarishda qabul qilinadigan to‘p 2 chi va 4 chi zonalarga uzatiladi
5
.
1.9.To„siq qo„yish
To‗siq – raqibning hujum zarbasiga qarshi harakat qilishning eng asosiy usuli
hisoblanadi. Texnik nuqtayi nazardan to‗siq qo‗yish eng qiyin o‗yin elementlaridan
sanaladi. To‗siq qo‗yish elementini yuqori darajada egallash bilan o‗yinchi qarshi
hujumni
uyushtirish, to‗siqdan so‗ng qimmatli ochkolarni yo‘tish imkoniyatiga ega
bo‗ladi.
To‘siq qo‘yish - o‘z mohiyati bilan hujumchi o‘yinchi tomonidan beriladigan
zarba yo‘lini to‘sish harakatini anglatadi. Lekin
ushbu himoya usulini yuksak
mahorat bilan ijro etish aksariyat ochko olish imkoniyatini beradi. Voleybol
amaliyotida yuz beradigan o‘yin vaziyatlari va rejalashtirilgan taktik vazifaga
qarab yakka yoki guruhli to‘siq qo‘yish ijro etiladi. Mutaxassislar o‘rtasida
shunday fikr mavjudki, go‘yo to‘siq qo‘yishga faqat hujum zarbalarini mukammal
o‘zlashtirgandan so‘ng o‘rgatish lozim
6
.
To‗siq bir o‗yinchi tomonidan (yakka) yoki ikki-uch o‗yinchi
tomonidan
(guruhli) amalga oshirilishi mumkin. O‗yinchi to‗r yaqinida, yuqori turish holatida,
qo‗llarni yelka sathida ko‗tarib, tovonlarini parallel holatda qo‗yib turadi.
Hujum
qilinayotgan joyning masofasiga qarab to‗r yaqinida yon tomonlarga qadam tashlash,
yugurish, sakrash kabi harakatlarni bajarish mumkin.
5
Волейбол.Teri Clemens,Jenni McDowell.Human Kinetics-2012
6
Волейбол.Teri Clemens,Jenni McDowell.Human Kinetics-2012
[59]
24-rasm
25-rasm
To‗siq qo‗yish uchun avval o‗yinchi oyoqlarini ko‗proq bukib, qo‗llarini
qattiq silkib yuqoriga sakraydi. Qo‗llar tirsakdan bir oz bukilgan holatda to‗r tepasiga
ko‗tariladi. Optimal kuchlangan (barmoqlar orasi ochiq) kaftlar to‗rning yuqori
qismiga borganda, to‗r osha yuqoriga-oldinga harakatlantiriladi. Zarba vaqtida kaftlar
to‗pga maksimal yaqinlashtiriladi va bilak bo‗g‗inlari hisobiga faol buqiladi. Bundan
asosiy maqsad berilgan zarbani amortizatsiyalash va to‗pni raqib jamoasining
maydonchasiga yo‗naltirishdan iboratdir.
Hujumchilar to‗r chekkalaridan hujum zarbalarini berishda to‗pni to‗siqdan
maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga harakat qiladilar. Shu sababli to‗siq to‗r
chekkasiga yaqin bo‗lgan qo‗l bilan yopiladi va to‗pning
maydonchadan chiqib
ketishga yo‗l qo‗yilmaydi.
To‗siq qo‗yish texnikasining murakkabligi quyidagi uchta omilga bog‗liq: joy
tanlash; turgan joydan yoki harakatdan so‗ng baland sakrash; qo‗lni to‗r ustiga
ko‗tarish vaqtini aniqlash.
[60]
Himoyadagi taktik harakatlarning asosiy maqsadi –
raqibning hujum
harakatlarini bartaraf etish va unga qarshi turishdan iborat.
Himoyadagi taktik harakatlarga jamoa, guruh va yakka tartibdagi harakatlar
kiradi. Jamoali taktik harakatlar o‗yinda jamoaning himoyadagi harakatlari uchta
asosiy vaziyat bilan ifodalanadi: o‗yinga kiritilgan to‗pni
qabul qilish; hujum
zarbasini (harakatini) yoki to‗siqdan qaytgan to‗pni qabul qilish; hujum qilayotgan
o‗yinchini himoyalash. Jamoa harakatlarining mazmuni quyidagi asosiy omillar:
raqib jamoasi hujum harakatlarining xususiyatlari; o‗yinchilarning o‗yin
mahoratlari; o‗yin xususiyatidan kelib chiqib navbatdagi
harakatlarni amalga
oshirish bilan belgilanadi.
Zamonaviy voleybolda jamoa o‗z himoya taktikasini burchagi oldinga va
burchagi orqaga tizimi asosida tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: