[39]
12-rasm
1.6.Hujum zarbalari
Hujum zarbasi – jamoaning hujum harakatini
yakunlovchi samarali usul
hisoblanadi. Bu harakatlar to‗rning yuqori qismidan balandda amalga oshiriladi.
Chunki undan pastroqda amalga oshirilgan hujum harakatlarining samarasi juda
pastdir.
Hujum zarbalari yo‗nalishiga ko‗ra quyidagicha farqlanadi: to‗g‗ri yo‗nalish
bo‗yicha (bunda zarba berilgan to‗p yo‗nalishi hujumchining yugurib kelish
yo‗nalishiga mos tushadi) va yo‗nalishni o‗zgartirib (bunda zarba berilgan to‗p
yo‗nalishi hujumning yugurib kelish yo‗nalishiga mos tushmaydi).
To‗pning uchish tezligiga qarab hujum zarbalari quyidagicha farqlanadi: zarba
beruvchi qo‗lni orqaga nisbatan qisqa harakatlantirish bilan kuchli (tezkor), kaftli
(tezlanishli) va aldamchi (sekin). Hujum zarbasini to‗g‗ri (to‗rga to‗g‗ri turgan holda)
va yon tomon bilan (to‗rga nisbatan) bajarish mumkin.
To‗g‗ri hujum zarbasi berish 4 fazada bajariladi:
yugurib kelish; sakrash;
to‗pga zarba berish; qo‗nish .
13- rasm
[40]
14-rasm
O‗z navbatida, bu fazalar ham bir qancha mikrofazalarga bo‗linadi. Yugurib
kelish fazasida hujumchi ikkita asosiy vazifani hal etadi: balandroq sakrashga erishish
va to‗pning uchish tezligi, yo‗nalishini to‗g‗ri aniqlash. Bunda hujumchi birinchidan,
bir-ikki «qidiruvchi» qadamlar qiladi (to‗pni tezligi va yo‗nalishini aniqlash
maqsadida) va ikkinchidan, sakrash uchun yugurish tezligini oshiradi.
Sakrash
fazasida hujumchi tovondan oyoq uchiga tomon katta qadam tashlab harakat qiladi,
oxirgi qadamda oyoqlar juftlanadi, qo‗llar orqa tomonga harakatlantiriladi.
Oyoqlar
tizza qismida, gavda esa tos-son bo‗g‗imida buqiladi. Keyin esa qo‗llar oldinga-
yuqoriga silkitiladi, oyoqlar tayanchdan uziladi, gavda oldinga bir oz egilib, vertikal
holatga keltiriladi. Zarba beruvchi qo‗lning kafti bosh orqasiga o‗tib ketmasligiga va
tirsak yelkadan bir oz yuqorida bo‗lishiga e‘tibor berish lozim.
Zarba berish fazasida – o‗ng (yoki chap) qo‗l tirsak bo‗g‗imida to‗g‗rilanib,
yuqoriga-oldinga cho‗ziladi. Zarba qorin, ko‗krak, qo‗l mushaklarining ketma-ket va
keskin qisqarishi bilan bajariladi. Bunda zarba beruvchi qo‗l kafti to‗pning orqa-
yuqorisiga uriladi. Zarba kuchi taktik vazifani hal qilish bilan belgilanadi.
[41]
Boshlang‗ich o‗rgatish bosqichida hujum zarbasining kuchiga emas, balki uning o‗z
vaqtida berilganligiga va yo‗nalishiga e‘tibor qaratish zarur.
Qo‗nishda hujumchi oyoqlarini bukib yerga tushadi,
chunki bu holatda
tayanch-harakat apparati shikastlanishining oldi olinadi va keyingi o‗yin harakatlarini
bajarishga qulay sharoit yaratiladi.
Jamoa hujumini faqatgina to‗g‗ri hujum zarbalari bilan yakunlash kifoya
qilmaydi.
Shuning uchun hozirgi zamon voleybolida to‗p yo‗nalishini o‗zgartirib
bajariladigan hujum zarbalari ahamiyatliroqdir .
15-rasm
To‗p yo‗nalishini o‗zgartirib bajariladigan hujum zarbalarining tuzilishi to‗g‗ri
zarba berish texnikasiga o‗xshashdir. To‗p o‗ng tomonga yo‗naltirilganda,
depsinishdan so‗ng gavda o‗ng tomonga burilib,
bir oz chapga engashtiriladi, chap
qo‗l yelkasi to‗rdan olib qochiladi.
Biomexaniqa nuqtayi nazaridan, yo‗nalishi o‗zgartirilgan hujum zarbalarini
berishda asosiy o‗rinni yelka, tirsak, kaft va barmoqlar egallaydi.
Voleybolda o‗yin taktikasi deb muayyan jamoaning
ikkinchi bir jamoa
ustidan yakka, guruh va jamoa harakatlari yordamida g‗alabaga erishish san‘atiga
aytiladi.
[42]
Taktikaning asosiy vazifasi muayyan raqib jamoaga nisbatan mavjud
vaziyatga qarab g‗alaba sari qo‗llaniladigan o‗yin vositalari,
usullari va shakllarini
aniqlab, qo‗llay olishdan iborat.
Taktik kombinatsiya – bu bir o‗yinchiga hujum qilishi uchun qulay sharoit
yaratib berishga qaratilgan bir necha o‗yinchining harakat faoliyatidir.
O‗yin intizomi – har bir o‗yinchi faoliyatining jamoa faoliyatiga bo‗ysunishi,
bo‗lajak o‗yinda rejalashtirilgan taktik ko‗rsatmalarni amalga oshirish, o‗yin qoidalari
va umuminsoniy xislatlarga amal qilish va hokazo.
Dostları ilə paylaş: