[75]
4. Uzaytirilgan va qisqartirilgan oraliqlar bo‗yicha.
5. Murabbiyning topshirig‗i bo‗yicha belgilangan zonalarga to‗p kiritish.
6. Turli usullarni navbatlashtirib to‗p kiritish.
7. O‗yinning boshqa texnik usullarini (to‗siq, to‗p uzatish va hokazo)
bajargandan so‗ng. Turli variantlarda qo‗llash.
8. To‗p kiritish bo‗yicha turli variantlarda musobaqa o‗tkazish.
2.5.Hujum zarbalarini berishni o„rgatish
Umumrivojlantiruvchi mashqlar
Hujum zarbalarini berish shug‗ullanuvchilardan
atletik tayyorgarlikni,
kuch, tezkorlik, chaqqonlik va egiluvchanlik sifatlarining
yaxshi rivojlanganligini
talab
etadi.
Asosiy
mashqlar
tarkibiga
tayanch-harakat
apparatini
mustahkamlovchi, avvalo to‗piq, tizza, yelka, oyoq va qo‗l panjalari,
barmoq
bo‗g‗inlarini va mushaklarning qisqarish tezligini oshirishga qaratilgan mashqlar
kiritiladi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar predmetsiz yoki predmetlar (to‗ldirma
to‗p, gantellar, cho‗ziluvchan elastik predmetlar va hokazo) bilan bajariladi.
Tayyorlov mashqlari
Hujum zarbasini berishga o‗rgatishda ikkita katta vazifa hal etiladi:
1. Tayanch-harakat
apparatini mustahkamlash, qo‗l va oyoqning dinamik
kuchini rivojlantirish.
2. Harakatlanuvchi obyektga (to‗pga) tayanchsiz holatda javob reaksiyasini
berish uchun zarur darajadagi koordinatsion harakatlarni bajara olish.
Ushbu vazifalarni yechishda quyidagilardan foydalaniladi:
1. Yuqoriga ilib qo‗yilgan predmetni bir-ikki qadamdan yugurib kelib, ikki
oyoqda
depsinib, bir qo‗llab olish.
2. Gimnastika o‗rindig‗i ustidan «ilon izi» bo‗lib sakrash. Diqqat
qo‗llarning orqaga-oldinga-yuqoriga harakatlanishiga qaratiladi.
[76]
3. 40–50 sm balandlikdan pastga sakrashlar.
4. Sakrovchanlikni rivojlantiruvchi mashqlar: cho‗qqayib o‗tirgan holatdan
sakrash; ikki oyoqda depsinib uzunlikka ko‗p marotaba sakrashlar; og‗irliklar bilan
(gantel, to‗ldirma to‗p va boshqalar)
yuqoriga sakrashlar; shtanga bilan o‗tirib-
turishlar (vaznning 70% og‗irligida).
5. Ikki oyoqda depsinib sakragan holatdan to‗ldirma to‗pni bosh orqasidan
irg‗itish. Xuddi shunday, faqat to‗r ustidan.
Dostları ilə paylaş: