Maydondagi chiziqlar.
Barcha chiziqlarning kengligi 5 sm. O‗yin maydonchasini ikkita yon va
ikkita orqa chiziqlar chegaralaydi. O‗rta chiziq o‗yin maydonini har biri 9x9 m
o‗lchamga teng bo‗lgan ikki maydonchaga ajratib turadi. Har bir maydonchaning
[79]
hujum chizig‗i o‗rta chiziqdan 3 m oraliqda bo‗lib, 5 sm oraliqda 5 ta 15 sm li
kesik chiziqlar bilan yon chiziqlar tashqarisiga davom ettirilgan bo‗ladi.
Zonalar.
Oldingi hujum zonasida 2,3,4-zonalar joylashadi. Orqa himoya zonasida
1,6,5-zonalar joylashadi. To‗p kiritish zonasi 9 m o‗lchamga teng bo‗lgan orqa
chiziqning davomidir.
To„p, to„r va ustunlar
To„rning tuzilishi
To‗rning kengligi 1 m va uzunligi 9,5 m bo‗lib, teshiklari 10x10 sm
kvadrat shaklida, qora rangli ipdan to‗qilgan bo‗lishi kerak. To‗rning yuqori
qismida 5 sm kenglikdagi lenta bo‗lib, uning ichidan tros (ustunlarga
mustahkamlash uchun) o‗tkaziladi. To‗rning pastki qismidan shnur o‗tkaziladi.
To‗rning ikki tomonidan ikki yon chiziqlarga perpendiqo‘lar ravishda
chegaralovchi lentalar joylashtiriladi. Lentalarning kengligi 5 sm va uzunligi 1m
bo‗ladi. To‗rning ikki tomoniga joylashtirilgan chegaralovchi lentalar bilan bir
yo‗nalishda ikki antenna vertikal ravishda joylashtiriladi. Antenna diametri 10
mm, uzunligi 1,8 m li naychadan iborat bo‗lib, qattiq egiluvchan materialdan
tayyorlangan bo‗ladi. To‗r o‗rta chiziq ustidan vertikal joylashtirilishi kerak.
Ustunlar
To‗r tortiladigan ustunlar yon chiziqlardan 0,5-1,0 m oraliqda o‗rnatiladi.
Ustunlarning balandligi 2,55 m. Ustunlar yumaloq va tekis shaklda bo‗lib,
o‗yinchilarga xavf tug‗dirmasligi kerak. Ustunlar tortuvchi va taranglashtiruvchi
moslamalarsiz o‗rnatilishi darkor.
To„p
To‗pning ichidagi kamerasi rezinadan, tashqi qismi tabiiy yoki sintetik charmdan
ishlanib, o‗zi qat‘iy dumaloq shaklga ega bo‗lishi lozim. Uning aylana diametri
65-67 sm, og‗irligi 260-280 g, ichki bosimi 294,3 dan 318,8 mba yoki gPa gacha
bo‗lishi lozim.
[80]
Dostları ilə paylaş: |