[77]
7. Murabbiy topshirig‗iga muvofiq ko‗rsatilgan zonalarga hujum zarbasini
berish.
8. Hujum zarbalarini o‗zlashtirish darajasiga qarab turli variantlardagi
mashqlar to‗siq qo‗yish bilan bajariladi.
2.6.To„siq qo„yishga o„rgatish
To‗siq qo‗yish voleybolda himoyadagi eng asosiy texnik usul hisoblanadi.
Shuning uchun uning o‗zlashtirilishiga katta ahamiyat berilishi kerak.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar
Mashqlarning asosiy yo‗nalishi xuddi hujum zarbalarini o‗zlashtirishda
qo‗llanilgan mashqlar kabi bo‗ladi. Ilib qo‗yilgan predmetlarga qo‗l tekkizish, turli
harakatlanishlardan so‗ng ikki oyoq bilan depsinish mashqlari alohida ahamiyat
kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: