Guliston davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi



Yüklə 396,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/29
tarix06.12.2022
ölçüsü396,02 Kb.
#72725
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
 
Rivojlantiruvchi maqsad: Yaxshi o’qish sifat malakalarini rivojlantirish.
Dars metodi: Guruhlar bilan ishlash.
Darsning borishi: Kerakli asos yaratiladi. «Chumoli va tipratikon» mavzui 
bo’yicha o’quvchilar mustaqil tayyorlanishi uchun olindan ularga qiziqarli va 
muammoli savollar beriladi. Tarqatma materiallar va mavzuga oid material hamda 
sinf stol-stullari, guruhlar qulay joylashishi uchun tayyorlab olinadi.
Savollar:
1. 
Masal mazmunini so’zlab bering. 
2. 
Masalda ishtrok etuvchilarni ayting. 


25
3. 
Tipratikon va uning bolalariga qanday baho berasiz?
4. 
Chumoli tipratikondan nima uchun ruxsat so’radi? 
5. 
Chumoliga qanday baho berasiz? 
6. 
Tipratikon bolalari chumolining orqasidan nima deb kulishdi? Ular 
to’g’ri ish qildimi?
7. 
Masaldagi maqolni yod ayting. Maqol mazmunini tushuntirib bering.
8. 
«Badnafs» so’zini qanday tushundingiz? 
9. 
Tipratikon nima uchun qo’rqib-pisib iniga jo’nadi?
10. 
Chumoli orqasiga qarab tipratikon va uning bolalariga nima dedi? 
11. 
Masaldagi qaysi timsol sizga yoqdi? 
12. 
Masal mazmuniga mos maqol ayting.
Guruhlarga bo’linish. O’quvchilarni 10 kishidan jamlab uch guruhga bo’lish 
mumkin. (Buni o’quvchilarning jami sonini hisobga olgan holda sinf imkonyatiga 
qarab ajratiladi). 
Sinf o’quvchilarini ranjitmaslik maqsadida ularni estetik did nuqtai 
nazaridan kelishmovchiliksiz guruhlarga bo’lishda o’qituvchi quyidagi shilarni 
amalga oshiradi. Masalan, o’qituvchi sinfdagi o’quvchilarning jami sonini hisobga 
olib, oldidan uch hil rangdagi qog’ozlardan har xil shakldagi kichkina hajmli 
rasmlar, ya’ni qizil olma, sariq jo’ja, ko’k g’oz kabilarni tayyorlab qo’yadi. 
Tayorlangan uch xil rasmlar o’quvchilarga tarqatiladi.
Bunda har bir o’quvchiga ixtiyoriy ravishda o’zi xohlagan rangdagi kesma 
rasmlardan birini tanlab olish huquqi beriladi. O’quvchilar tanlab olgan rangli 
kesma rasmlar orqali o’qituvchi o’quvchilarni guruhlarga ajratadi.
qizil olma rasmi – 1 guruh; 
sariq jo’ja rasmi – 2 guruh; 
ko’k g’oz rasmi – 3 guruh .
O’qituvchi mavzu bo’yicha o’quvchilarga qisqa mazmunli yo’llanma- 
ko’rsatma beradi.


26
O’qituvchi bugungi o’qish darsining har doimgidan boshqacharoq tarzda 
o’tishi ya’ni o’quvchilarning mustaqil fikrlay olish qobiliyatini mustaqil ravishda 
yangi mavzuni o’qib, o’rtoqlariga qay darajada tushuntirib bera olishini 
tekshirishni tushuntiradi. Har bir guruh o’ziga joyga o’tiradi va o’z sardor, 
kotiblarini belgilab beradi. Sardorlar guruhni boshqarishi, kotiblar esa guruh 
a’zolarining fikrlarini hisobga olib borishi tushuntiriladi. Shu tarzda o’qituvchi 
o’quvchilarga darsning maqsadini tushuntirib beradi. Keyin har bir guruhga 
xatjildlar tarqatiladi. Ularga «Chumoli va tipratikon» masali yuzasidan tuzilgan 
savollar joylashtirilgan (Boshlang’ich sinf o’quvchilari yosh bo’lganligi uchun 
guruh fikrini o’qituvchi hisobga oladi). 
Guruh sardorlari tarqatma savollarni tanlab olishi va savollarga belgilangan 
muddatda javob berishlari tushuntiriladi.
Xatjilddagi savollar taxminan quyidagicha bo’lishi mumkin:
1-xatjild 
1. Masal mazmunini qisqa so’zlab bering. 
2. Tipratikon bolalari chumoliga qarata nima dedi? Siz chumoliga nisbatan 
shu so’zni ishlatarmidingiz? Nima uchun? 
2- xatjild 
1. Masalda nima haqida gap boradi? 
2. «Badnafs» so’zini qanday tushundingiz? Uning o’rnida yana qanday so’z 
ishlatish mumkin? 
3-xatjild 
1. Masalda ishtrok etuvchilarni ayting. Hayotda shunday odamlar bormi? 
2. Masaldagi maqolni yod ayting va mazmunini tushuntiring. 
4-xatjild 
1. Masaldagi qaysi timsol sizga yoqdi? Nima uchun? 
2. Maqoldagi «jonsarak», «sheryurak» so’zlarinig o’rnida yana qanday so’z 
ishlatish mumkin? 
5-xatjild 


27
1. Tipratikon nima uchun qo’rqib-pisib iniga jo’nadi? 
2. Chumoliga qanday baqo berasiz? Tipratikon va uning bolalariga-chi? 
6-xatjild 
1. Chumoli orqasiga qarab tipratikon va uning bolalariga nima dedi? 
2. Masal mazmuniga mos maqol ayting. 
Tarqatilgan savollar bo’yicha har bir guruh a’zolari bir-biri bilan fikr 
almashadi hamda bahs-munozara orqali javoblar tayyorlaydilar. Bunda har bir 
guruhda saylangan kotib guruh qatnashchilari tomonidan aytilgan javoblarni 
yozadi. Sardorlar esa guruh ishini jonlantiradi.
Fikr almashuv va bahs-munozara uchun ajratilgan vaqt o’z poyoniga 
etgandan so’ng, har bir guruh sardori va a’zolari navbatma-navbat berilgan savollar 
yuzasidan so’zga chiqadi. Boshqa guruhlar tomonidan berilgan qo’shimcha 
savollarga javob berishadi (albatta guruh a’zolari bilan birgalikda).

Yüklə 396,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin