170
•
Tarmoq kartochkasi –
kompyuterlarni
LXTga ulash imkonini
beruvchi maxsus qurilma. LXT bir necha kompyuterni birlashtiradi va ularda
o‘zaro ma’lumot almashish imkonini beradi.
•
HUB –
tarmoqdagi kompyuterlarni bog‘lash
uchun xizmat qiladigan
maxsus qurilma. Ularning 10 Mbit|s, 10|100 Mbit|s va 100M bit|s tezlikka ega
bo‘lgan turlari mavjud.
Kompyuter tuzilishiga ko‘ra 3 turga bo‘linadi.
Stol kompyuterlari - PI,
PII, PIII. PIV, Duron, Atlon, Atlon XP va hokazo, Noutbuklar – PI, PII, PIII,
PIV, P Celeron va cho‘ntak kompyuterlari.
Kompyuter va uning qurilmalarining
ish tartibi maxsus dasturiy
ta’minotlar bilan amalga oshadi. Bu dasturlar dasturchilar tomonidan yaratiladi.
Ular kompyuterning dasturiy ta’minoti deb ataladi. Ular 3 turga bo‘linadi.
Operatsion tizim, amaliy dasturlar va dasturlash tillari.
•
Operatsion tizim kompyuter va inson o‘rtasidagi muloqotni
ta’minlaydi. Bizda asosan quyidagi operatsion tizimlar keng tarqalgan. Windows
95, 98, 2000, XP, NT, Lunix, Unix, OS|2 va boshqalar.
•
Iqtisodiyotning biror bir sohasini avtomatlashtirish va foydalanuvchilar
bajarishi lozim bo‘lgan ishlarni osonlashtirish yo‘lida
tuzilgan dasturlar amaliy
dasturlar deyiladi.
•
Dasturlash tillaridan dasturchilar har xil amaliy dasturlar tuzishda
foydalanadi. Ular Clipper, Delphi, Clarion, Visual Basic va boshqalardir.
Dostları ilə paylaş: