195
Microsoft Word yozuvi bilan
ko‘rinishdagi yangi nishoncha o‘rnatiladi.
Ish stolida yangi faylni “Talabalar ro‘yxati” nomi bilan rasmiylashtiring. Buning
uchun Документ Microsoft Word yozuvini klaviaturadagi
Delete klavishi bilan
o‘chiring va o‘rniga “Talabalar ro‘yxati”ni yozib, klaviaturadan Enter klavishini
yoki “sichqoncha”ning o‘ng klavishini bosing. Natijada Siz ish stolida “Talabalar
ro‘yxati” nomli Word matn muharririning yangi faylini tuzdingiz.
Eslatma. Ish stolida Microsoft Word ilovasida ketma-ket yangi fayllar ochilsa,
ularga operatsion tizim mos ravishda avtomatik tarzda Документ Microsoft Word,
Документ Microsoft Word (2), Документ Microsoft Word (3) va h.q
nomlarini
beradi.
Ish stolida Microsoft Word ilovasi “Talabalar ro‘yxati” faylini faollashtiring.
“Sichqoncha”ning o‘ng klavishini bosib kontekst menyuni oching.
Kontekst menyudagi buyruqlar ro‘yxatidan Открыть buyrug‘ini bering. Natijada
Talabalar ro‘yxati - Microsoft Word nomli matn muharriri yuklanadi.
Muharrirda guruhingiz talabalarining ro‘yxatini yoki faoliyatingizga oid birorta
matnni yozing.
Файл menyusidan Сохранить buyrug‘ini berib, faylni kompyuter xotirasiga
yozing. Microsoft Word dasturida ishni yakunlang. Buning uchun oynadan Закрыть
tugmasini bosing yoki Файл menyusidan shu nomdagi buyruqni bering.
3. Windows XP ish stolida Microsoft Excel ilovacining yangi fayllarini tuzish.
Ish stolida Microsoft Excel elektron jadvalining “Ish haqi”
nomli yangi faylini
tuzing. Bajarish usuli:
Windows ish stolini faollashtiring.
Windows ish stolining bo‘sh joyida “sichqoncha”ning o‘ng klavishini bosib
kontekst menyuni oching.
Kontekst menyudagi buyruqlar ro‘yxatidan Создать Лист Microsoft Excel ni
faollashtirib “sichqoncha”ning o‘ng klavishini bosing. Natijada ish stoliga Лист
Microsoft Excel yozuvi bilan
ko‘rinishdagi yangi nishoncha o‘rnatiladi.
Ish stolida yangi faylni “Ish haqi” nomi bilan rasmiylashtiring. Buning uchun Лист
Microsoft Excel yozuvini klaviaturadagi Delete klavishi bilan o‘chiring va o‘rniga
«Ish haqi» matnini yozib, klaviaturadan Enter klavishini yoki “sichqoncha”ni chap
klavishini bosing. Natijada Siz ish stolida Ish
haqi nomli Microsoft Excel
ilovasining yangi faylini tuzdingiz.
Ish stolida Microsoft Excel ilovasi “Ish haqi” faylini faollashtiring.
"Sichqoncha"ni o‘ng klavishini bosib kontekst menyuni oching.
Kontekst menyudagi buyruqlar ro‘yxatidan Открыть buyrug‘ini bering. Natijada Ish
haqi - Microsoft Excel nomli elektron jadvali yuklanadi.
Elektron jadvalda guruhingiz talabalarining paxta terimi ma’lumotlari bo‘yicha
kichikroq jadval tuzing.
196
Fayl menyusidan Сохранить buyrug‘ini berib, faylni kompyuter xotirasiga yozing.
Microsoft Excel dasturida ish yakunlang. Buning uchun oynadan Закрыть
tugmasini bosing yoki Fayl menyusidan shu nomdagi buyruqni bering.
Eslatma. Ish stolida Microsoft Excel ilovasida ketma-ket yangi fayllar ochilsa,
ularga operatsion tizim mos ravishda avtomatik tarzda Лист Microsoft Excel, Лист
Microsoft Excel (2), Лист Microsoft Excel (3) va h.q nomlarini beradi.
4. Windows XP ish stolida Microsoft Power Point ilovacining yangi fayllarini
tuzish
Ish stolida Microsoft Power Point taqdimot dasturining “Guruh taqdimoti” nomli
yangi faylini tuzing.
Bajarish usuli:
Windows ish stolini faollashtiring va uning bo‘sh joyida "sichqoncha"ni o‘ng
klavishini bosib kontekst menyuni oching.
Kontekst menyudagi buyruqlar ro‘yxatidan Создать
Приложение Microsoft
Power Point ni faollashtirib “sichqoncha”ning chap klavishini bosing. Natijada ish
stoliga Приложение Microsoft Power Point yozuvi bilan
ko‘rinishdagi yangi
nishoncha o‘rnatiladi.
Ish stolida yangi faylni “Guruh taqdimoti” nomi bilan rasmiylashtiring. Buning
uchun Приложение Microsoft Power Point yozuvini klaviaturadagi Delete klavishi
bilan o‘chiring va o‘rniga “Guruh taqdimoti”
matnini yozib, klaviaturadan Enter
klavishini yoki “sichqoncha”ning chap klavishini bosing. Natijada Siz ish stolida
“Guruh taqdimoti” nomli Microsoft Power Point taqdimot dasturining yangi faylini
tuzdingiz.
Eslatma. Ish stolida
Dostları ilə paylaş: