Mbayt adresni xotirada saqlaydi. 32 razryadli mikroprotsessorlarda esa 24 va 32
razryadli adres registrlari
16 Mbayt dan
4 Gbayt gacha adresni xotirada
saqlaydi. Axboratni qayta ishlash va xotira bilan axborat almashish uchun
mikroprotsessorda axborot shinasi mavjud bo‘lib, uning razryadi ichki axborot
shinasining razryadi bilan bir xil bo‘ladi.
Tashqi qurilmalar bilan aloqani osonlashtirish uchun tashqi axborot shinasi
kichik razryadli, ichki axborot shinasi va axborot registrlari katta razryadli
bo‘ladi. Masalan bir xil mikroprotsessorlar 16 razryadli arxitekturaga ega, lekin
8 razryadli ichki axborot shinalaridan foydalaniladi. Bular maxsus
modifikatsiyaga ega bo‘lgan 16 razryadli mikroprotsessorlarda bo‘lib ular bir
xil hisoblash kuvvatiga ega.
Mikroprotsessorning eng muhim parametrlaridan biri uning amal bajarish
tezligi bo‘lib, u tashqi generatordan keladigan sinxron singnal bilan aniqlanadi.
Har bir mikroprotsessorda o‘zining taktik chastota chegarasi mavjud bo‘lib u
0,4 MGs … 3,5 GGs gacha bo‘lishi mumkin.
11-Amaliy mashg‘ulot. Windows operatsion tizimini kompyuterga oʻrnatish. WINDOWS
operatsion sistemasi AQShning Microsoft korporatsiyasi
tomonidan 1985 yilda ishlab chiqarilgan. Uning shu kungacha bir nechta avlodi
yaratilib kelinmoqda: WINDOWS 3.1; WINDOWS 95; WINDOWS 98;
WINDOWS Millennium; WINDOWS 2000; WINDOWS XP; WINDOWS
Vista; WINDOWS 7; WINDOWS 8. Bularning ichida eng keng tarqalgan,
uzoq vaqt yaxshi ishlab kelayotgan operatsion sistema bu WINDOWS XP
hisoblanadi.
WINDOWS XP —yuqori darajadagi ishonchliligi, yaxshilangan bеzagi, o‘z-
o‘zini rivojlantirish uchun maxsus vositalari mavjudligi bilan ajralib turadi.
WINDOWS XP grafik maxsulotning ko‘rinishi, tovush va zamonaviy
tеxnologiyalari
bo‘yicha yaratilgan multimеdia ilovalarini qo‘llash
imkoniyatlarini yaxshilaydi.