birinchi darajali kesh-xotira (L1) va ikkinchi darajali kesh-xotira (L2 ). Birinchi darajali
kesh-xotira ichki kesh deb ham yuritiladi; u protsessor mikrosxemalari qismi
bo‘lib, u protsessorga quriladi. Yo‘qoridagi birinchi darjadagi kesh-xotira
barcha 486 protsessorlari va protsessor mikrosxemalariga qo‘shilgan. Ikkinchi
darajali kesh-xotira tashqi kesh deb ham yuritiladi; u protsessor
mikrosxemalariga tashqi tomondan o‘rnatiladi. Dastlab u tizimli plataga
o‘rnatiladi (386, 486, Pentium protsessorlariga asoslangan barcha
kompyuterlar). Agar ikkinchi darajali kesh-xotira tizimli plataga o‘rnatilgan
bo‘lsa, u holda uning chastotasida ishlaydi. Bu holatda ikkinchi darajadagi
kesh-xotira protsessos tegishli ulanish joyiga o‘rnatiladi.
Unumdorligini oshirish maqsadida Pentium Pro, Pentium II/III va Athlon
protsessorlariga asoslangan keyingi kompyuterlarda ikkinchi darajadagi kesh-
xotira protsessorni qismi bo‘ladi. Albatta, protsessor markaziy kristaliga
nisbatan u tashqi deyilib, u alohida mikrosxema sifatida protsessor qobig‘i
ichiga (katrijga) o‘rnatiladi. Shuning uchun Pentium Pro yoki Pentium II
tizimli platalarida hech qanaqa kesh yo‘q. Keyingi rusumlar Pentium III va
Athlon da ikkinchi darajadagi kesh-xotiralar protsessor mikrosxemalari qismi
hisoblanadi (birinchi darajadagi kesh-xotiraga o‘xshash) va yetarlicha katta
chastotada ishlaydi (protsessor chastotalarida, yarmi yoki uchdan biri).
SIMM va DIMM modullari Ko‘pchilik zamonaviy kompyuterlarda alohida xotira mikrosxemalari
o‘rnida kichik plata ko‘rinishidagi bo‘lib, tizimli plata yoki xotira platasiga
o‘rnatiluvchi SIMM yoki DIMM modullari ishlatiladi. Alohida mikrosxemalar
SIMM yoki DIMM modullari plataga shunaqa o‘rnatiladiki, ularni amaliy
jihatdan almashtirish mumkin emas. To‘g‘rilash qiyin bo‘lgan xatoliklar
uchraganda modulni olmay almashtirish kerak. SIMM yoki DIMM modullarini
katta bir mikrosxema sifatida qarash mumkin. Shk- moslashuvchi
kompyuterlarida asosan ikki tipdagi SIMM modullari qo‘llaniladi:
30 kontaktli (9 razryadli) va 72-kontaktli (36 razryadli).
Ulardan dastlabkilari o‘lchami bo‘yicha kichiklaridir. SIMM
modullarida mikrosxemalar plataga bir tomonlama o‘rnatilishi yoki ikki
yoqlama o‘rnatilishi mumkin. 30-kontaktli modullardan foydalanish samarali
emas, chunki bitta bankini to‘ldiruvchi yangi 64-razryadli tizim sakkizta
shunaqa modulni talab etadi. Shuning uchun yangi tizimlar uchun Pentium
MMX, Pentium Pro va Pentium II protsessorlarida 168 kontaktli DIMM
moduli ishlatiladi (64-razryadli juft bitsiz yoki 72-razryadli juft bitli).
4-rasmda 30- va 70-kontaktli SIMM modullari, shuningdek 168-kontaktli
DIMM modullari ko‘rsatilgan. Kontaktlar chapdan o‘ngga va platani ikkala
tarafida ham joylashadi.
4-rasm. Odatdagi 30-kontaktli (9-razryadli) SIMM moduli
5-rasm. Odatdagi 72-kontaktli (36-razryadli) SIMM moduli