nomlanadi
.
Jscript
versiyalari
Javascript
ning mos versiyalari bilan mos keladi
(aniqroq qilib aytganda oxirigacha emas).
Javascript
– ECMA (European Computer Manufacturers Association – Evropa
Kompyuter Ishlab Chiqaruvchilar Assotsiyatsiyasi) tomonidan
standartlashtirilgan. Mos standartlar quydagicha nomlanadi ECMA-262 va ISO-
16262. Ushbu standartlar bilan
Javascript
1.1ga taqriban ekvivalent ECMAScript
tili aniqlanadi. Eslatish joizki, bugungi kunda
Javascript
ning hamma versiyalari
ham ECMA standartlariga mos kelavermaydi. Mazkur kurs yoki qo’llanmada
barcha hollarda biz
Javascript
nomidan foydalanamiz.
Javascriptning asosiy hususiyatlari.
Javascript
– bu Internet uchun katta
bo’lmagan klient va server ilovalarni yaratishga mo’ljallangan nisbatan oddiy
ob’ektga yo’naltirilgan til.
Javascript
tilida tuzilgan dasturlar HTML-xujjatning
ichiga joylashtirilib ular bilan birga uzatiladi. Kurish dasturlari (
brauzerlar
–
browser
ingliz suzidan) Netscape Navigator va Microsoft Internet Explorer xujjat
matniga joylashtirilgan dasturlarni (
Scriptkod
) uzatishadi va bojarishadi.
Shunday qilib,
Javascript
– interpritatorli dasturlash tili xisoblanadi.
Javascript
da
tuzilgan dasturlarga foydalanuvchi tomonidan kiritilayotgan ma’lumotlarni
tekshirayotgan yoki xujjatni ochganda yoki yopganda biror bir amallarni
bagaruvchi dasturlar misol bo’lishi mumkin.
JavaScript da yaratilgan dasturlarga misol sifatida
foydalanuvchi tomonidan
kiritilgan ma’lumotlarn tekshiruvchi, dokumentni ochish yoki yopish vaqtida
qandaydir amallarni bajaruvchi dasturlarni keltirish mumkin. Bunday dasturlar
foydalanuvchi tomonidan berilgan kursatmalarga – sichqoncha tugmachasini
bosilishiga, ma’lumotlarni ekran orqali kiritishiga yoki sichqonchani sahifa buylab
siljitilishiga kura ish bajaradi. Bundan tashqari JavaScript dagi dasturlar
brauzerning uzini va dokumentning atributlarini ham boshqarishi mumkin.
JavaScript dasturlash tili sintaktik jihatdan Java dasturlash tiliga, ob’ektli
modellashni istisno qilgan holda, o’hshab ketsada, lekin ma’lumotlarni statik tiplari
va qat’iy tiplashtirish kabi hususiyatlarga ega bulmaydi. JavaScript da Java
dasturlash tilidan farq qilib, sinf (klass) tushunchasi bu tilning asosiy sintaktik
qurilmasi hisoblanmaydi. Bunday asos sifatida foydalanilayotgan tizim tomonidan
qullab-quvvatlanayotgan, oldindan aniqlangan ma’lumot tiplari: sonli, mantiqiy va
satrli; mustaqil ham bulishi, ob’ektning metodi (JavaScripda
metod tushunchasi
funktsiya/qism-dastur ning uzi) sifatida ham ishlatilishi mumkin bulgan
funktsiyalar; katta sondagi uz hossalariga va metodlariga ega bulgan oldindan
aniqlangan ob’ektlardan iborat ob’ektli model va yana dastur ichida foydalanuvchi
tomonidan yangi ob’ektlarni berish qoidalari hisoblanadi.
JavaScript da dasturlar yaratish uchun hech qanday qo’shimcha
vositalar kerak
bulmaydi – faqatgina tegishli versiyadagi JavaScript qullanishi mumkin bulgan
brauzer va DHTML-dokumentlarni yaratishga imkon beruvchi matn muharriri
kerak bo’ladi. JavaScript dagi dastur bevosita HTML –dokumentlarni ichiga
joylashtirilganligi uchun dastur natijasini dokumentni brauzer yordamida
kurish
orqali tekshirish mumkin va kerakli holda uzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: