212
SpinButtonning Up tugmasi dasturlash qatoriga quyidagilarni
kiritamiz: procedure TForm1.SpinButton1UpClick(Sender:
TObject); begin
Form1.Height:=Form1.Height+5;
Form1.Width:=Form1.Width+5;
end;
SpinButtonning Down tugmasi dasturlash qatoriga quyidagilarni kiritamiz:
procedure
TForm1.SpinButton1DownClick(Sender:
TObject); begin
Form1.Height:=Form1.Height-
5;
Form1.Width:=Form1.Width-5;
end;
Loyihani kompyuter xotirasiga saqlaymiz va F9 tugmasini bosamiz. Up tugmasi
bosilsa forma oynasi balandligi va kengligi ortadi. Down tugmasi bosilsa, forma
oynasi balandligi va kengligi kamayadi.
Borland Delphi 7 dasturlash muhitida SpinEdit komponentasidan foydalanish.
Ushbu bo`limda SpinEdit komponentasi haqida ma’lumot beramiz. SpinEdit
komponentasi tahrirlash maydoni bo`lgan sanagichli tugma hosil qiladi.
Komponentda ikkita Up va Down tugmalari hamda Editga o`xshash maydoni
mavjud. SpenEdit komponentasini SpinButton va Edit komponentalarining
birlashmasi deyish mumkin.
Komponentning asosiy xususiyatlari:
Dostları ilə paylaş: