Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Lizing oluvchi tomonidan operatsion lizingning hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə110/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   524
Guliston davlat

Lizing oluvchi tomonidan operatsion lizingning hisobi. Lizing to’lovlari bo’yicha xarajatlar sistematik ravishda har hisobot davrida (lizing beruvchi tomonidan hisobga olinadigan sug’urtalash va xizmat ko’rsatish qiymatidan tashqari) “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot”da tan olinadilar.
Lizingga beruvchi tomonidan moliyaviy lizingning hisobi. Lizingga beruvchi nuqtai nazaridan lizing yoki moliyaviy yoxud sotish turidagi lizing sifatida ifodalanishi mumkin. Lizingga beruvchi uchun moliyaviy lizingga berilgan aktivlar balansda asosiy vositalar sifatida emas, balki lizingga qilingan sof investitsiyalarga teng bo’lgan debitorlik qarz sifatida aks ettiriladi. Bunday debitorlik qarzning sof qiymati ular kafolatlangan yoki kafolatlanmagan bo’lishidan qat’iy nazar minimal lizing to’lovlarining joriy diskontlangan qiymati orqali aniqlanishi kerak. Lizingga beruvchi hisobotda lizingdan olingan foydani foizlardan tushgan foyda sifatida aks ettiradi. Butun foyda kapital qo’yilmalardan olingan foyda, deb hisoblanadi.
Lizing munosabatlariga taalluqli bo’lgan ma’lumotlar 6-sonli BHMS “Ijara hisobi”ga muvofiq ochib berilishi lozim.
Lizing operatsiyalarining sintetik hisobini yuritishda yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, 6-sonli BHMS “Ijara hisobi”ga asoslanadi.
A. Joriy lizing hisobi
Lizingga beruvchi korxonada asosiy vositalarning joriy lizingining hisobi.
Asosiy vosita qisqa muddatga lizingga berildi 4 500 000 so’m
Olinishi kerak bo’lgan lizing to’lovi hisoblandi 4 500 000 so’m
D 4820 “Operativ ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar”
K 9350 “Operativ ijaradan daromadlar”
Lizing to’lovi kelib tushdi 4 500 000 so’m
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
K 4820 “Operativ ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar”
Lizingdagi asosiy vositalarlarga eskirishi hisoblandi: 750 000 so’m
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 0200 “Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
Lizing to’lovining kelgusi ikki oyga tegishli bo’lgan summalari kelib tushdi 9 000 000 so’m
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
K 6230 “Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar”

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin