Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Lizing oluvchi korxonada lizing operatsiyalarining hisobi quyidagicha olib boriladi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə113/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   524
Guliston davlat

Lizing oluvchi korxonada lizing operatsiyalarining hisobi quyidagicha olib boriladi
Asosiy vositalarini lizing shartnomasida kelishilgan summa
D 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar”
100 000 000
K 7910 “To’lanadigan moliyaviy ijara” 85 240 000
K 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi” 14 760 000
Birinchi yili to’lanadigan lizing to’lovining hisoblanishi
1) Birinchi yil uchun foiz xarajatlari hisoblandi:
D 9610 “Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar” 15 240 000
K 6920 “Hisoblangan foizlar” 15 240 000
Birinchi yili to’langan lizing to’lovining buxgalteriya hisobida aks ettirilishi
D 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi” 14 760 000
D 6920 “Hisoblangan foizlar” 15 240 000
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” 30 000 000
Ikkinchi yili to’lanadigan lizing to’lovining hisoblanishi
1) Uzoq muddatli moliyaviy ijaradan joriy qismga o’tkazildi:
D7910 “To’lanadigan moliyaviy ijara” 17 010 000
K 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi” 17 010 000
2) Ikkinchi yil uchun foiz xarajatlari hisoblandi:
D 9610 “Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar” 12 990 000
K 6920 “Hisoblangan foizlar” 12 990 000
Ikkinchi yili to’langan lizing to’lovining buxgalteriya hisobida aks ettirilishi
D 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi” 17 010 000
D 6920 “Hisoblangan foizlar” 12 990 000
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” 30 000 000
Uchinchi, to’rtinchi va beshinchi yillari ham oldingi yillardagi kabi yuqoridagi jadvalda keltirilgan to’lanadigan ijara summalari va foizlariga buxgaleriya yozuvlari berib boriladi.
10 000 000 so’mlik asosiy vosita korxona mulkiga qo’shib olindi.
D 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar”.
Lizing operatsiyalari hisobini takomillashtirish bosqichlari. Lizing to’lovlarini hisoblashning o’ziga xos xususiyatlari mavjud bo’lib, bu ularning hisobini yuritishda ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Lizing shartnomasida lizing to’lovlari, ularni to’lash davriyligi ko’rsatiladi. Asosan, lizing to’lovini hisoblashda to’lovning qat’iy belgilangan umumiy summasidan foydalaniladi. Lizing to’lovi bunda, o’z tarkibiga amortizatsiya ajratmalari, qarzga olingan mablag’lardan foydalanish uchun to’lov, lizing kompaniyasining marjasi, kelishuv yuzasidan xizmatlar uchun berilgan to’lovlar va lizing beruvchining lizing ob’ektini olish bilan bog’liq xarajatlarini oladi.
Bugungi kunda, amaliyotda lizing kompaniyasi amortizatsiya ajratmalari o’rniga lizing kompaniyasi mablag’larini (lizing ob’ekti qiymati) qaytarish summasidan foydalanadi. Lizingda bo’nak to’lovi bo’yicha hisoblashilganda, lizing kompaniyasining marjasi lizing ob’ekti qoldiq qiymatidan yoki lizing ob’ekti to’liq qiymatidan ishchi kapital hajmining o’zgarmasligidan kelib chiqib aniqlanadi.
Lizing to’lovi - lizingning barcha muddatidagi hamma lizing to’lovlarining summalari va lizing oluvchiniagar mulkni sotib olmoqchi bo’lsa, u to’lashi kerak bo’lgan summalar yig’indisidan tashkil topadi.
Qoidaga ko’ra, moliyaviy, qaytariladigan, bo’lingan lizinglarda sotib olishda to’lanadigan summa umumiy lizing to’loviga qo’shiladi.
Quyida O’zR Markaziy banki boshqarmasini 1997 yil 29 martdagi № 11 bayonnomasi bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshish tartibi”da o’z aksini topgan lizing to’lovlarini hisoblashni keltirib o’tamiz.
Lizing to’lovi tarkibiga kiritiladigan amortizatsiya ajratmalarining hajmi:
K x M
A =
100 % x Y
bu erda,
K - lizing ob’ektining balans qiymati;
M - to’liq tiklash uchun amortizatsiya ajratmalarining yillik me’yori;
Y - lizing muddati (yillarda).

Lizing kompaniyasining jalb etilgan mablag’lar uchun to’lovi:


Sk x Mkr
Tjm =
100%
bu erda,
Tjm - jalb etilgan mablag’lar uchun to’lov;
Sk - kredit summasi’
Mkr - kreditdan foydalanish me’yori.
Lizing kompaniyasining marjasi
Sk x Slk
Mlk =
100%
bu erda,
Mlk - lizing kompaniyasining marjasi;
Sk - kredit summasi;
Slk - lizing kompaniyasining me’yori.
Lizing kompaniyasining qo’shimcha xizmatlari o’z tarkibiga kelishuv bo’yicha taqdim etilgan xizmatlar uchun to’lovni va lizing kompaniyasining lizing ob’ektini sotib olish bilan bog’liq boshqa xarajatlarini oladi.
Lizing shartnomasi bo’yicha umumiy lizing to’lovining summasi quyidagicha aniqlanadi.
Lt = A + Tjm + Mlk + LS
bu erda,
Lt – qo’shimcha xizmat to’lovi;
Yillik to’lovi – LT = Lt/y;
Choraklik to’lovda – LS = Lt/y/4;
Oylik to’lovda – LS = Lt/y/12;
LS - davriy lizing to’lovi.
Lizing oluvchi shartlarni buzganligi uchun shartnomasining amal qilishi to’xtatilsa, lizing shartnomasida aks ettirilishi lozim bo’lgan lizing kompaniyasining kelishuvini qoplash summasini to’lash kerak bo’ladi.
J = Tlt + K + N
bu erda,
J - kelishuvni qoplash summasi;
Tlt - to’lanmagan lizing to’lovlari;
K - lizing shartnomasining rejali muddati oxirida lizing ob’ektining qoldiq qiymati;
N – neustoyka.

Yuqorida keltirilgan hisob-kitob usuliga ko’ra “B”kompaniya mutaxassislari o’z faoliyatida bank kredit hisob-kitobiga o’xshash boshqacha yondashuvdan foydalanadilar.


Qo’yilgan mablag’larning qaytarilishi amortizatsiya ajratmalari va qoldiq qiymatdan iborat.
Lizing to’loviga qo’shiladigan amortizatsiya ajratmalarining hajmi:
A = K x M x D / 12
bu erda,
A - amortizatsiya ajratmasi (ajratma davrlar bo’yicha bir xil hajmda hisoblanadi)
K- Lizing ob’ektining balans qiymati
M - tiklash uchun amortizatsiya ajratmalari me’yori (yillar va foizda)
D - lizing to’lovi davri, ya’ni kelgusidagi to’lovlari o’rtasidagi davr (oyda).

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin