Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Aktsiya va obligatsiyalarni sotib olish, ularning bozor



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə143/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   524
Guliston davlat

5.5. Aktsiya va obligatsiyalarni sotib olish, ularning bozor
va nominal qiymatini hisobga olish tartibi

Investitsiyalarni sotib olish muomalalari yuqorida keltirilgan hisobvaraqlarning debeti va pul mablag’lari va moddiy boyliklar hisobvaraqlarining krediti bo’yicha aks ettiriladi.


1-misol. Vaqtinchalik bo’sh mablag’idan 1 yilgacha muddat ichida unumli foydalanishni ko’zda tutgan “MAB” kompaniyasi tez rivojlanib borayotgan boshqa bir kompaniyaning nominal qiymati 5 000 so’m bo’lgan 400 ta aktsiyasining har birini 6000 so’mdan, brokerlik tashkiloti orqali sotib oldi. Bu xizmat uchun brokerlik tashkilotiga shartnoma summasining 3% miqdorida, bank xizmati uchun esa 0,5 % miqdorida haq to’ladi. Shunga ko’ra qisqa muddatli investitsiyaning xarid qiymati 2 484 000 so’mni tashkil qildi.
[6000 x 400 +(2 400 000 x 3 %) +(2 400 000 x 0,5%)= 2 484 000 co’m]
Bu xo’jalik muomalasiga quyidagi buxgalteriya yozuvi rasmiylashtiriladi:
a) investitsiyalar qabul qilib olinganda [6000 x 400 +(2 400 000 x 3 %)]:
D 5810 “Qimmatli qog’ozlar” 2 472 000
K 6990 “Boshqa majburiyatlar” 2 472 000
b) bank xizmatlari uchun (2 400 000 x 0,5%):
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” 12 000
K 6990 “Boshqa majburiyatlar” 12 000
c) pul mablag’lari o’tkazilganda
D 6990 “Boshqa majburiyatlar” - brokerlik tashkilotiga 2 472 000
D6990 “Boshqa majburiyatlar” - bank xizmati uchun 12 000
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” 2 484 000.
Investitsiyalar kirimi korxona ta’sischilari tomonidan qilingan badal sifatida ham yuzaga kelishi mumkin.
D 0610 “Qimmatli qog’ozlar” yoki
D 5810 “Qimmatli qog’ozlar”
K 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi”.
Agar investitsiyalarni sotib olish to’liq yoki qisman boshqa aktivlarga almashtirish orqali yuzaga kelsa, ularni hisobga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
2-misol. “MAB” kompaniyasi o’zining doimiy mol etkazib beruvchisi hisoblangan “MBA” kompaniyasining nominal qiymati 1000 so’m bo’lgan 800 dona aktsiyasini uzoq muddat davomida daromad olish maqsadida sotib olish niyatini bildirdi. “MBA” kompaniyasi o’z aktsiyalarini nominal qiymati 800 000 so’m, lekin shu kundagi joriy qiymati 1 500 000 so’m bo’lgan “MAB” kompaniyaning uskunasiga almashtirishi mumkinligini aytdi. Tomonlar roziligi bilan kelishuv imzolandi. Bu xo’jalik muomalasi 12-sonli Buxgalteriya hisobining “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish” deb nomlangan milliy standarti holatlariga ko’ra quyidagi yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi:
D 0610 “Qimmatli qog’ozlar” 1 500 000 so’m
K 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” 1 500 000 so’m
Investitsiyalar qo’shma, sho’’ba va qaram korxonalarni Ustav kapitalida daromad olish maqsadida qatnashish orqali ham yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatda quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:
D 0620 “Sho’’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar” yoki
D 0630 “Qaram xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar” yoki
D0640 “Chet el kapitali mavjud bo’lgan korxonalarga investitsiyalar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki pul mablag’larini hisobga oluvchi boshqa hisobvaraqlar yoki
K 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” yoki
K 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”.
Investitsiya sifatida kirim qilinayotgan qimmatli qog’ozlar ko’pchilik hollarda nominal qiymatidan yuqori yoki kam bahoda xarid qilinishi mumkin. Sotib olish va nominal qiymat o’rtasida yuzaga kelgan farq (ustama yoki chegirma) 12-sonli BHMS talablariga binoan ushbu qimmatli qog’ozlarning harakat muddati davomida hisobdan chiqarilib boriladi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin