Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Investitsiyalar hisobini tashkil qilish



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə142/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   524
Guliston davlat

5.4. Investitsiyalar hisobini tashkil qilish

Tashkilotning moliyaviy hisob va moliyaviy hisobotida moliyaviy investitsiyalarni shakllantirish qoidalari BHMS 12-son “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish”da belgilangan.


BHMS 12-son moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida ishlab chiqilgan va yuridik shaxslar uchun qo’llaniladi (kredit muassasalari va byudjet muassasalaridan tashqari), hamda qimmatli qog’ozlar bozoridagi professional ishtirokchilari, sug’urta tashkilotlari, va nodavlat pensiya fondlari uchun.
BHMS 12-sonda aktivlarning moliyaviy investitsiyalar sifatida hisobga olinishi uchun muayyan shartlar bajarilishi kerakligi qayd etilgan:
- tashkilotning moliyaviy investitsiyalar va ushbu huquqdan kelib chiqadigan mablag’lar yoki boshqa aktivlarni olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;
- moliyaviy investitsiyalar bilan bog’liq moliyaviy risklarni tashkilotga o’tishi;
- kelgusida tashkilotga foizlar, dividendlar yoki ularning qiymatini oshirish shaklida iqtisodiy foyda (daromad) keltirish qobiliyati.
BHMS 12-songa muvofiq tashkilotning moliyaviy investitsiyalar tarkibiga kiradi:
- davlat qimmatli qog’ozlari (zayomlar);
- boshqa tashkilotlarning qimmatli qog’ozlari (shu jumladan qarz qimmatli qog’ozlari);
- boshqa tashkilotlarning ustav kapitaliga badallar;
- boshqa tashkilotlarga berilgan qarzlar;
- kredit muassasalaridagi omonatlar;
- boshqa tashkilotdan bitim bo’yicha sotib olingan debitorlik qarzlari huquqi;
- oddiy hamkorlik shartnomasi bo’yicha hamkor tashkilotning qo’yilmalari.
Tashkilotlar moliyaviy investitsiyalar tarkibiga kiritilmaydigan ob’ektlar:
- aktsiyadorlik jamiyati tomonidan qayta sotish yoki bekor qilish uchun sotib olingan o’z aktsiyalari;
- veksel beruvchi tashkilot tomonidan sotilgan tovarlar, mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitob uchun sotuvchiga beriladigan veksellar;
- tashkilotning moddiy shaklga ega bo’lgan ko’chmas mulk va boshqa mol-mulkka investitsiyalari, ya’ni tashkilot tomonidan daromad olish uchun vaqtinchalik foydalanish (vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish) uchun haq to’lash asosida taqdim etilgan ob’ektlar;
- odatiy faoliyat turlari uchun sotib olinmagan qimmatbaho metallar, zargarlik buyumlari, san’at asarlari va boshqa shu kabi qimmatbaho buyumlar;
- moddiy shaklga ega bo’lgan aktivlar (asosiy vositalar, moddiy ishlab chiqarish zahiralari va nomoddiy aktivlar).
Tashkilot to’liq va ishonchli axborotni shakllantirish, shuningdek ularning mavjudligi va harakati ustidan nazorat qilish imkonini beruvchi moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish birligini mustaqil tanlaydi. Seriya, partiya yoki boshqa bir xil moliyaviy investitsiyalar majmui birlik sifatida belgilanishi mumkin.
Moliyaviy investitsiyalar (qo’shilgan qiymat solig’i va boshqa qaytariladigan soliqlar bundan mustasno), ularni sotib olish bo’yicha tashkilotning haqiqiy xarajatlari summasi bo’lib, ular boshlang’ich qiymati bo’yicha hisobga qabul qilinadi.
Moliyaviy aktivlar sifatida sotib olishning haqiqiy xarajatlari quyidagilardan iborat:
- sotuvchiga shartnomaga muvofiq to’lanadigan summalar;
- ushbu aktivlarni sotib olish bilan bog’liq axborot-konsalting xizmatlari uchun tashkilotlar va boshqa shaxslarga to’lanadigan summalar;
- moliyaviy investitsiyalar sifatida sotib olingan aktivlar uchun vositachi tashkilotga yoki boshqa shaxsga to’lanadigan haq;
- moliyaviy investitsiyalar sifatida aktivlarni sotib olish bilan bevosita bog’liq boshqa xarajatlar.
Agar moliyaviy investitsiyalarni sotib olish to’g’risida qaror qabul qilish jarayonida tashkilot axborot va konsalting tashkilotlariga to’lash bilan bog’liq xarajatlarni amalga oshirgan bo’lsada, lekin bitim amalga oshmagan bo’lsa, xizmatlar qiymati tashkilotning operatsion xarajatlariga o’tkaziladi.
Moliyaviy investitsiyalarni qarz mablag’lari hisobidan sotib olishda olingan kreditlar va olingan qarzlar xarajatlari ham tashkilotning operatsion xarajatlariga kiritiladi.
Umumiyxo’jalik, ma’muriy va boshqa shu kabi xarajatlar moliyaviy investitsiyalarni sotib olish bilan bevosita bog’liq bo’lmasa, ularni sotib olish xarajatlariga kiritilmaydi.
Moliyaviy qo’yilmalarni sotib olishda haqiqiy xarajatlar aktivlarni hisobga olish uchun moliyaviy qo’yilmalar sifatida qabul qilinishidan oldin, chet el valyutasidagi summaga teng summada (shartli pul birliklari) so’mlarda to’lashda yuzaga keladigan kurs farqlarini hisobga olgan holda shakllanadi.
Moliyaviy investitsiyalarni sotib olish bilan bog’liq xarajatlar, sotuvchiga to’lanadigan summalardan tashqari, tashkilot tomonidan sotuvchiga to’lanadigan summaga nisbatan muhimsiz deb tan olinsa va qimmatli qog’ozlarni hisobga olish uchun qabul qilingan hisobot davrining operatsion xarajatlariga o’tkazilishi mumkin.
Sotib olinganda chet el valyutasida belgilanadigan moliyaviy investitsiyalarning boshlang’ich qiymati ularning buxgalteriya hisobi uchun qabul qilingan sanada amalda bo’lgan O’zR Markaziy banki kursida chet el valyutasini konvertatsiya qilish yo’li bilan so’mda belgilanadi.
Buxgalteriya hisobiga qabul qilingan moliyaviy investitsiyalar boshlang’ich qiymati Qonun va 12-sonli BHMS bilan belgilangan hollarda o’zgarishi mumkin. Keyingi baholash maqsadlari uchun moliyaviy investitsiyalar ikki guruhga bo’linadi:
- joriy bozor qiymatini aniqlash mumkin bo’lgan moliyaviy investitsiyalar;
- bozor qiymatini aniqlash mukin bo’lmaydigan moliyaviy investitsiyalar.
Joriy bozor qiymatini belgilangan tartibda aniqlash mumkin bo’lgan moliyaviy investitsiyalar hisobot yilining oxiridagi moliyaviy hisobotlarda joriy bozor qiymatida ularning avvalgi hisobot sanasiga baholanishini tartibga solish yo’li bilan aks ettiriladi. O’zgarishlar oylik yoki har chorakda amalga oshirilishi mumkin. Hisobot sanasida joriy bozor qiymatida moliyaviy investitsiyalarni baholash va moliyaviy investitsiyalarni oldingi baholash o’rtasidagi farq moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish hisobvaraqlari bilan bog’lanishda mos ravishda operatsion daromadlar yoki xarajatlarga kiritiladi.
Joriy bozor qiymati aniqlanmaydigan moliyaviy investitsiyalar buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda haqiqiy qiymati bo’yicha qayd etiladi. Agar hisobot sanasida ilgari joriy bozor qiymatida baholangan moliyaviy investitsiyalarning biron ob’ekti uchun joriy qiymat belgilanmaydigan bo’lsa, moliyaviy investitsiyalarning bunday ob’ekti moliyaviy hisobotlarda uning oxirgi bahosi qiymatida aks ettiriladi.
Qarz qimmatli qog’ozlari va berilgan kreditlar uchun tashkilot diskontlangan qiymatda ularning bahosini hisoblab chiqishi va bunday hisob-kitobning haqiqiyligini tasdiqlashi mumkin.
Tashkilotning buxgalteriya hisobida moliyaviy investitsiyalarni hisobdan chiqarilishi buxgalteriya hisobi uchun qabul shartlarini bekor qilish sanada e’tirof etiladi va so’ndirish, sotish, tekinga berish, boshqa tashkilotlar ustav kapitaliga hissa sifatida to’lash, oddiy hamkorlik shartnomasi ostida hissa sifatida berish va boshqa hollarda sodir bo’ladi.
Boshqa tashkilotlarning ustav kapitaliga (aktsiyadorlik jamiyatlarining aktsiyalaridan tashqari), boshqa tashkilotlarga berilgan kreditlar, kredit tashkilotlaridagi depozitlar, da’vo huquqini talabidan voz kechkan asosida olingan debitorlik qarzlari bo’yicha sanab o’tilgan buxgalteriya birliklaridan olib tashlangan har bir moliyaviy investitsiyaning boshlang’ich qiymati bo’yicha baholanadi. Qimmatli qog’ozlar hisobdan chiqarilgan paytda har bir turi uchun aniqlangan o’rtacha boshlang’ich qiymat bo’yicha baholanadi, buning uchun qimmatli qog’ozlar turining boshlang’ich qiymatini ularning soniga bo’lish hisobida aniqlanadi. Joriy bozor qiymati bo’yicha baholanadigan moliyaviy investitsiyalar hisobdan chiqarilganda, ularning qiymati oxirgi baholashga asoslangan holda aniqlanadi. Shu bilan birga, hisobot yili davomida moliyaviy investitsiyalarning har bir turi uchun bitta baholash usuli qo’llaniladi.
Moliyaviy investitsiyalardan daromadlar BHMS 2-son “Asosiy xo’jalik faoliyatidan tushgan daromadlar”ga muvofiq oddiy faoliyat yoki operatsion daromad sifatida e’tirof etiladi.
Qarzlar olish, banklar xizmatlari uchun to’lov, depozitariylar va shunga o’xshash boshqa operatsiyalar bilan bog’liq xarajatlar tashkilotning operatsion xarajatlariga kiritiladi.
Boshqa korxonalarning qimmatli qog’ozlariga, mamlakat hududida va xorijda tuzilgan sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlari va boshqa korxonalarning ustav kapitallariga qilingan uzoq muddatli investitsiyalar (qo’yilmalar)ning mavjudligi va harakati, shuningdek boshqa korxonalarga taqdim etilgan, berilgan uzoq muddatli qarzlar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
0610 “Qimmatli qog’ozlar”;
0620 “Sho’’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar”;
0630 “Qaram xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar”;
0640 “Chet el kapitali mavjud bo’lgan korxonalarga investitsiyalar”;
0690 “Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar”.
Aktivlarni investitsiyalar tarkibiga kiritish va ularning turlari BHMS 12-son “Moliyaviy investitsiyalar hisobi” va BHMS 8-son “Jamlangan moliyaviy hisobotlar va sho’’ba xo’jalik jamiyatlariga sarmoyalarni hisobga olish” bilan tartibga solinadi.
0610 “Qimmatli qog’ozlar” hisobvarag’ida obligatsiyalar, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarga qilingan uzoq muddatli investitsiya (quyilma)larning mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
0620 “Sho’’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar”, 0630 “Qaram xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar”, 0640 “Chet el kapitali mavjud bo’lgan korxonalarga investitsiyalar” hisobvaraqlarida tegishli chet el kapitali mavjud bo’lgan sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga qilingan uzoq muddatli investitsiyalarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
0690 “Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar” hisobvarag’ida yuqorida keltirilgan hisobvaraqlarda nazarda tutilmagan boshqa uzoq muddatli investitsiyalar hisobga olinadi.
Aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar sotib olish bahosida 0610 “Qimmatli qog’ozlar”hisobvarag’ining debetida ushbu qo’yilmalar hisobiga berilgan qiymatliklar hisobga olinadigan hisobvaraqlar bilan bog’langan holda hisobga olinadi.
Agar korxona tomonidan xarid qilingan obligatsiyalar va boshqa qarz qimmatli qog’ozlarning xarid qiymati ularning nominal qiymatidan yuqori bo’lsa, u holda xarid qilingan vaqtdan to qoplash vaqtigacha bo’lgan davrda xarid qiymati va nominal qiymat o’rtasidagi farq qismi hisobdan chiqariladi. Bunda 9690 “Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar” hisobvarag’ining debeti va 0610 “Qimmatli qog’ozlar” hisobvarag’ining krediti bo’yicha yozuvlar amalga oshiriladi.
Agar korxona tomonidan xarid qilingan obligatsiyalar va qarz qimmatli qog’ozlarining xarid qiymati ularning nominal qiymatidan past bo’lsa, u holda xarid qilingan vaqtdan to qoplash vaqtigacha bo’lgan davrda xarid qiymati va nominal qiymati o’rtasidagi farq qismi qo’shimcha hisoblanadi. Bunda 0610 “Qimmatli qog’ozlar” hisobvarag’ining debeti va 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” hisobvarag’ining krediti bo’yicha yozuvlar amalga oshiriladi.
Yuqorida ko’rsatilgan har ikkala holatda ham qimmatli qog’ozlarni qoplash muddati kelganda 0610 “Qimmatli qog’ozlar” hisobvarag’ida hisobga olingan baho nominal qiymatga to’g’ri kelishi lozim.
Qimmatli qog’ozlar bo’yicha foizlar (dividendlar) hisoblanganda 4830 “Olinadigan foizlar” yoki 4840 “Olinadigan dividendlar” hisobvarag’ining debeti va 9530 “Foizlar ko’rinishidagi daromadlar” yoki 9520 “Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar” hisobvaraqlarining krediti bo’yicha yozuvlar amalga oshiriladi.
Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bo’yicha analitik hisob uzoq muddatli investitsiyalarning turlari va ushbu investitsiyalar amalga oshirilgan ob’ektlar (qimmatli qog’ozlarni sotuvchi-korxonalar, korxona ishtirokchisi hisoblangan sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlari va shu kabilar) bo’yicha yuritiladi. Bunda analitik hisobning tashkil qilinishi O’zR hududi va xorijdagi ob’ektlarga qilingan uzoq muddatli investitsiyalar to’g’risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
Quyida uzoq muddatli investitsiyalarni harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rsatamiz:
1) Sotuvchi korxonaga asosiy vositalarni berish yo’li bilan qimmatli qog’ozlarni xarid qilish:
D 0610 “Qimmatli qog’ozlar”
K 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”.
2) Sotuvchi korxonaga nomoddiy aktivlar va materiallar berish yo’li bilan qimmatli qog’ozlarni xarid qilish:
D 0610 “Qimmatli qog’ozlar”
K 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”.
3) Sotuvchi korxonaga mahsulot, tovar, ish, xizmatlarni berish yo’li bilan qimmatli qog’ozlarni xarid qilish:
D 0610 “Qimmatli qog’ozlar”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar» yoki
K 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar”.
4) Sotuvchi korxonaga o’rnatiladigan asbob-uskunalarni berish yo’li bilan qimmatli qog’ozlarni xarid qilish:
D 0610 “Qimmatli qog’ozlar”
K 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”.
5) Qimmatli qog’ozlar uzoq muddatli investitsiyalar sifatida tekinga olinganda:
D 0610 “Qimmatli qog’ozlar”
K 8530 “Tekinga olingan mulk”.
6) Boshqa korxonalarning qimmatli qog’ozlari xarid qilinganda:
D 0610 “Qimmatli qog’ozlar”
K 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag’lari” yoki pul mablag’larini hisobga oluvchi boshqa hisobvaraqlar.
7) Debitorlik qarzlari hisobiga qimmatli qog’ozlarning xarid qilinishi:
D 0610 “Qimmatli qog’ozlar”
K 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar”.
8) Qisqa muddatli investitsiyalar tarkibi o’zgartirilganda (restrukturizatsiya):
D 0610 “Qimmatli qog’ozlar”
K 5800 “Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
9) Ta’sischilarning korxona ustav kapitaliga ularning ulushi sifatida berilgan qimmatli qog’ozlarning qiymati:
D 0610 “Qimmatli qog’ozlar”
K 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi”.
10) Korxona qimmatli qog’ozlarga tegishli huquqlar unga o’tganligi to’g’risida guvohnoma oldi:
D 0610 “Qimmatli qog’ozlar”
K 6990 “Boshqa majburiyatlar” yoki
K 7920 “Turli kreditorlarga bo’lgan boshqa uzoq muddatli qarzlar”.
11) Obligatsiyalar va boshqa qarz qimmatli qog’ozlarining xarid va nominal qiymatlari o’rtasidagi farq:
a) nominal qiymati xarid qiymatidan yuqori:
D 0610 “Qimmatli qog’ozlar”
K 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari”;
b) xarid qiymati nominal qiymatdan yuqori
D 9690 «Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar»
K 0610 “Qimmatli qog’ozlar”.
12) Chet el valyutasidagi uzoq muddatli investitsiyalar bilan bog’liq operatsiyalar bo’yicha kurs farqlari:
a) ijobiy
D 0610 “Qimmatli qog’ozlar”
K 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”;
b) salbiy
D 9620 «Valyutalar kurslari farqidan zararlar»
K 0610 «Qimmatli qog’ozlar».
13) Uzoq muddatli investitsiyalarni TMQ hisobiga qilinganda:
a) sho’’ba xo’jalik jamiyatlarida
D 0620 “Sho’’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar” yoki
K 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” yoki
K 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”.
b) qaram xo’jalik jamiyatlarida
D 0630 “Qaram xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar” yoki
K 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” yoki
K 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”.
v) chet el kapitali mavjud bo’lgan korxonalarida
D 0640 “Chet el kapitali mavjud bo’lgan korxonalarga investitsiyalar”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar” yoki
K 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” yoki
K 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”.
14) Uzoq muddatli investitsiyalar sifatida hisobga olingan qimmatli qog’ozlarning sotilgandan keyin hisobdan chiqarilishi:
D 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”.
K 0610 “Qimmatli qog’ozlar”.
Korxonaning boshqa korxonalar qimmatli qog’ozlariga qilingan qisqa muddatli (bir yil muddatdan ko’p bo’lmagan) investitsiyalari (qo’yilmalar) davlat qarzlarining foizli obligatsiyalari, boshqa korxonalarga berilgan qarzlar va boshqalarning naqdligi va harakati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
5810 “Qimmatli qog’ozlar”;
5830“Berilgan qisqa muddatli qarzlar”;
5890 “Boshqa joriy investitsiyalar”.
5810 “Qimmatli qog’ozlar” hisobvarag’ida aktsiyalarga, davlat qarzlarining foizli obligatsiyalariga va boshqa qimmatli qog’ozlariga qo’yilgan qisqa muddatli investitsiyalarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
Obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar 5810 "Qimmatli qog’ozlar" hisobvarag’iga sotib olish qiymatida kirim qilinadi.
Korxonada aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlarning sotib olinishi 5810 “Qimmatli qog’ozlar” hisobvarag’ining debetida va pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar va agar qimmatli qog’ozlar uchun to’lov moddiy yoki boshqa qiymatliklar (pul mablag’laridan tashqari) orqali amalga oshirilsa, moddiy va boshqa qiymatliklarning sotilishini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditida hisobga olinadi.
Agar sotib olingan obligatsiya va boshqa qarz qimmatli qog’ozlarining sotib olish bahosi ularning nominal qiymatidan farq qilsa, u holda sotib olish va nominal qiymati o’rtasidagi farq shunday hisobdan chiqarilishi yoki qo’shimcha hisoblanishi kerakki, 5810 “Qimmatli qog’ozlar” hisobvarag’ida hisobga olingan qimmatli qog’ozlarning bahosi ularni qoplash davrida nominal qiymatiga muvofiq bo’lishi lozim. Sotib olish va nominal qiymati o’rtasidagi farq qoplanadigan vaqtgacha bo’lgan davrda 5810 “Qimmatli qog’ozlar” hisobvarag’ining debeti (qo’shimcha hisoblash)da yoki krediti (hisobdan chiqarish)da, 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” yoki 9690 “Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar” hisobvaraqlari bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
“Qimmatli qog’ozlar” hisobvarag’ida hisobga olingan obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlarning qoplanishi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debeti va 5810 “Qimmatli qog’ozlar” hisobvarag’ining kreditida aks ettiriladi.
5830 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” hisobvarag’ida korxonaning boshqa korxonalarga qisqa muddatga bergan pulli va boshqa qarzlarining harakati hisobga olinadi.
Berilgan qarzlar 5830 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” hisobvarag’ining debetida pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi. Qarzlarning qaytarilishi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debeti va 5830 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” hisobvarag’ining kreditida aks ettiriladi.
5890 “Boshqa joriy investitsiyalar” hisobvarag’ida korxonalarning bank va boshqa omonatlarga so’mdagi va chet el valyutasidagi qo’yilmalarining harakati hisobga olinadi.
Omonatlarga pul mablag’larining o’tkazilishi korxonalarda 5890 “Boshqa joriy investitsiyalar” hisobvarag’ining debetida pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi. Hisobda bank tomonidan omonatlar summasi qaytarilganda korxonada teskari yozuv amalga oshiriladi.
Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (5800) bo’yicha analitik hisob qisqa muddatli investitsiyalarning turlari va ushbu qo’yilmalar amalga oshirilgan ob’ektlar (qimmatli qog’ozlarni sotuvchi-korxonalar, omonatlar va hokazolar) bo’yicha yuritiladi.
Quyida qisqa muddatli investitsiyalarni harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib o’tamiz:
1) Qimmatli qog’ozlar mahsulotlar, tovarlar, ish, xizmatlarni berish yo’li bilan xarid qilindi:
D 5810 “Qimmatli qog’ozlar”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar”.
2) Qimmatli qog’ozlar asosiy vositalar va boshqa aktivlarni berish yo’li bilan xarid qilindi:
D 5810 “Qimmatli qog’ozlar”
K 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” yoki
K 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”.
3) Uzoq muddatli investitsiyalarning tarkibiy o’zgarishi (restrukturizatsiya) amalga oshirildi:
D 5810 “Qimmatli qog’ozlar”
K 0610 “Qimmatli qog’ozlar”.
4) Qimmatli qog’ozlar naqd pulga xarid qilindi:
D 5810 “Qimmatli qog’ozlar”
K 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag’lari”.
5) Qimmatli qog’ozlar qiymati bankdagi hisobvaraqdan to’lanishi orqali xarid qilindi:
D 5810 “Qimmatli qog’ozlar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki pul mablag’larini hisobga oluvchi boshqa hisobvaraqlar.
6) Xaridorlarga ssuda mablag’larining vekselda berilishi:
D 5810 “Qimmatli qog’ozlar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki pul mablag’larini hisobga oluvchi boshqa hisobvaraqlar.
7) Aktsiyalarning to’lov sifatida ta’sischilar tomonidan qimmatli qog’ozlarning kelib tushishi:
D 5810 “Qimmatli qog’ozlar”
K 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi”.
8) Qimmatli qog’ozlarning sotiligandan so’ng hisobdan chiqarilishi:
D 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”
K 5810 “Qimmatli qog’ozlar”.
9) Korxonaning qarzi qimmatli qog’ozlar bilan qoplanishi:
D 6990 “Boshqa majburiyatlar”
K 5810 “Qimmatli qog’ozlar”.
10) Majburiyatlar uchun garov sifatida aktsiyalarning berilishi:
D 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”
K 5810 “Qimmatli qog’ozlar”.
11) Xaridorga veksel summasiga da’vo bildirilishi:
D 4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar”
K 5810 “Qimmatli qog’ozlar”.
12) Da’vo muddati tugaganligi tufayli veksel bo’yicha qarzni zarar hisobiga chiqarish:
D 9690 “Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar”
K 5810 “Qimmatli qog’ozlar”.
13) Inventarizatsiya natijasida qimmatli qog’ozlarning kamomadi:
D 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar”
K 5810 “Qimmatli qog’ozlar”.
14) Qisqa muddatli qarzlarning asosiy vosita va boshqa aktivlar ko’rinishida berilishi:
D 5830 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar”
K 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” yoki
K 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”.
15) Qisqa muddatli qarzlarning tayyor mahsulot, tovar, ish, xizmatlar ko’rinishida berilishi:
D 5830 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar”.
16) Boshqa korxonalar tomonidan qisqa muddatli qarzlarning qaytarilishi:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
K 5830 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar”.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin