3-misol. “MAB” kompaniyasi hisobot yilining 1 fevralida nominal qiymati 5 000 000 so’m bo’lgan yillik 15 % daromad keltiruvchi 6 oy muddatga chiqarilgan bank obligatsiyasini 5 180 000 so’mga sotib oldi. Demak bu xo’jalik muomalasi bo’yicha 180 000 so’m ustama yuzaga keldi. Bu xo’jalik muomalasi quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtirildi.
D 5810 “Qimmatli qog’ozlar” 5 180 000 so’m
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki pul mablag’larini hisob-ga oluvchi boshqa hisobvaraqlar 5 180 000 so’m.
Shu kuni kompaniya nominal qiymati 1 000 000 so’m bo’lgan yillik 18% daromad keltiruvchi 10 oy muddatga chiqarilgan “MBA” korxona obligatsiyasini 900 000 so’mga sotib oldi. Bu xo’jalik muomalasi bo’yicha esa 100 000 so’m chegirma yuzaga keldi.
D 5810 “Qimmatli qog’ozlar” 900 000 so’m
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki pul mablag’larini hisobga oluvchi boshqa hisobvaraqlar 900 000 so’m.
Mart oyining oxiriga kelib olingan obligatsiyalar bo’yicha foizlar hisoblandi:
a) bank obligatsiyalari bo’yicha 5 000 000 x 15 % x 2/6 = 250 000 so’m
b) korxona obligatsiyalari bo’yicha 1 000 000 x 18 % x 2/10 = 360 000 so’m
Bu xo’jalik muomalasiga quyidagi buxgalteriya yozuvi rasmiylashtiriladi:
D 4830“Olinadigan foizlar” 610 000 so’m
K 9530 “Foizlar ko’rinishidagi daromadlar” 610 000 so’m
Hisoblangan foizlar kelib tushganda esa
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” 610 000 so’m
K 4830 “Olinadigan foizlar” 610 000 so’m
Obligatsiyalarni nominal qiymati va xarid bahosi o’rtasida yuzaga kelgan farqni hisobdan chiqarish muomalalari quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi:
a) ustama summasi 6 oy mobaynida (180 000 so’m : 6 oy) 30 000 so’mdan oyma-oy hisobdan chiqarib boriladi.
D 9610“Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar” 30 000 so’m
K 5810 “Qimmatli qog’ozlar” 30 000 so’m
b) Chegirma summasi 10 oy mobaynida (100 000 so’m : 10 oy) 10 000 so’mdan oyma-oy hisobdan chiqarib boriladi:
D 5810 “Qimmatli qog’ozlar” 10 000 so’m
K 9530 “Foizlar ko’rinishidagi daromadlar” 10 000 so’m.
Qisqa muddatli obligatsiyalarining harakat muddati tugab, korxona tomonidan egasiga qaytarilgan va ular uchun puli kelib tushganda:
a) bank obligatsiyalari bo’yicha
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” 5 000 000 so’m
K 5810 “Qimmatli qog’ozlar” 5 000 000 so’m
b) “MBA” korxona obligatsiyalari bo’yicha
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” 1 000 000 so’m
K 5810 “Qimmatli qog’ozlar” 1 000 000 so’m.